Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texas shtatida yuz bergan otishmada 10dan ortiq kishi jarohatlandi
Tibbiy xizmat xodimlari shifoxonaga to‘rt kishini olib kelgan. Olti nafar jarohatlanganlar politsiyachilar tomonidan, yana ikki kishi shaxsiy avtomobillarda olib kelingan.
AQShning Texas shtatidagi Ostin shahrida yuz bergan otishma oqibatida 12 kishi jarohatlandi.
«Yana ikki kishi shifoxonaga olib kelindi. Jami olib kelinganlar soni 12 kishi», — deb xabar berdi ATCEMS tez tibbiy yordam xizmati.
Qayd etilishicha, tibbiy xizmat xodimlari shifoxonaga to‘rt kishini olib kelgan. Olti nafar jarohatlanganlar politsiyachilar tomonidan, yana ikki kishi shaxsiy avtomobillarda olib kelingan.
Hodisa sababi va tafsilotlari xabar qilinmagan.
Bir kun avval Jorjiya shtatidagi otishmada ikki kishi halok bo‘lgan, yetti kishi yaralangandi.
Mavzuga oid
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:47 / 19.05.2026
San-Diyegodagi masjidda otishma: besh kishi halok bo‘ldi
09:26 / 05.05.2026