Loyiha yer uçastkalarini jismoniy va yuridik şaxslarga ajratiş va ulardan foydalaniş tartibini takomillaştiriş maqsadida Adliya vazirligi tomonidan Qonunçilik palatasi, Boş prokuratura, Oliy sud, Kadastr agentligi, Qişloq xöjaligi va Quriliş vazirliklari bilan hamkorlikda işlab çiqildi.
Hujjatda aytilişiça, yer munosabatlarini tartibga soluvçi qoidalar qonunosti hujjatlari bilan tarqoq holda tartibga solinmoqda. Bu huquqni qöllaşda turliça talqin qiliş va murakkabliklar yuzaga kelişiga sabab bölmoqda.
“Amaldagi qonunçilikda MÇJ, AJ, XK kabi taşkiliy-huquqiy şaklda taşkil etilgan tadbirkorlik sub'yektlariga qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalarini ajratişning aniq tartibi mavjud emas. Mazkur holatlar qişloq xöjaligiga möljallangan hamda tadbirkorlik va şaharsozlik maqsadlari uçun yer uçastkalarini ajratişning şaffof mexanizmini joriy etiş hamda yer qonunçiligi ustidan nazoratni kuçaytirişni, şuningdek yer uçastkalarini noqonuniy egallab olişning oldini olişni taqozo etmoqda”, deyiladi loyihada.
Loyiha asosiy tuşunçalar aks ettirilgan alohida modda bilan töldirilmoqda. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar, Toşkent şahar hokimlari (davlat va jamoat ehtiyojlari uçun yer uçastkalarini ajratişdan taşqari), tumanlar va şaharlar hokimlarining yer uçastkalarini ajratiş, biriktirib yoki boşqaça yöl bilan beriş böyiça qarorlar, farmoyişlar yoki boşqa turdagi hujjat qabul qiliş kabi vakolatlari bekor qilinmoqda.
Yer ajratişdagi huquq turlari 6tadan 3taga qisqartirilmoqda. Yerga nisbatan 3 turdagi mulkçilik şakli: mulk, ijara, doimiy foydalaniş huquqlari saqlab qolinmoqda. Meros qilinadigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtinça foydalaniş huquqlari bekor qilinmoqda. Yuridik şaxslarning yer uçastkalariga bölgan doimiy egalik qiliş, muddatli (vaqtinça) foydalaniş, şuningdek jismoniy şaxslarning yer uçastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş, doimiy foydalaniş, muddatli (vaqtinça) foydalaniş huquqlari çiqarib taşlanmoqda.
Yer uçastkasini şartnoma asosida ijaraga beriş uçun asos böluvçi holatlar va ijaraga beriş muddatlari aniq belgilab berilmoqda.
Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkasi özboşimçalik bilan egallangan va unda noqonuniy qurilgan imoratlar arxitektura va quriliş normalari hamda qoidalariga muvofiq kelgan taqdirda, uşbu yer uçastkasining bozor qiymati ikki karra oşirilgan miqdorda tölangan holda, mazkur yer uçastkasiga bölgan huquq belgilangan tartibda rasmiylaştirib berilişi mumkinligi töğrisidagi qoida kiritilmoqda.













