Saraton nima va u qanday sabablar bilan yuzaga kelişi mumkin?
— Saratonni keltirib çiqarişi aniq isbotlangan sabablar ma'lum emas. 18 yoşgaça bölgan bolalarda saraton kasalligi ayniqsa dunyoning rivojlangan mamlakatlarida köp uçraydi. Özbekiston yoki rivojlanmagan davlatlar bilan soliştirganda, ularda bir neça 10 baravar köp uçraydi. Şundan kelib çiqadigan bölsak, rivojlangan davlatlarda avtomobillar köp, tabiiy bölmagan oziq-ovqatlar köp, radiatsiya köp. Şuning hisobiga iqlim şaroiti yomonlaşuvi bolalarda saratonni keltirib çiqarayotgan bölişi mumkin.
Rak heç qaçon bitta faktordan kelib çiqmaydi, uning uçun bir neçta faktorlar bölişi kerak. Boladagi stress, onadagi stresslar ham yuqoridagi sabablarga qöşimça bölişi mumkin.
Rak – bu inson tanasidagi mutatsiyaga uçragan hujayra. Ya'ni öz faoliyatini özgartirib, vahşiyga aylangan hujayra bölib, boşqa hujayralarni siqiş hisobiga kattalaşib boradi.
Bugungi kunda bolalarimiz sevib iste'mol qiladigan mahsulotlarning köpçiligi tabiiy emas. GMO mahsulotlari normal hujayralar faoliyatini özgartiriş xususiyatiga ega, çunki ularda kanserogen moddalar köp uçraydi. Bu mahsulotlar rak kasalligini keltirib çiqaruvçi omillardan biri hisoblanadi.
Bolalar köproq tabiiy va foydali mahsulotlarni iste'mol qilişlari kerak. Lekin bolalar, masalan, turli rangli içimliklarni iste'mol qilişni istaydi. Ularga buni butunlay taqiqlaş esa psixologik ta'sir körsatadi. Şuning uçun bunday mahsulotlarni imkon qadar kam miqdorda beriş maqsadga muvofiq.

«Rivojlangan davlatlarda saratonga çalingan bemorlarning 90 foizi tuzalib ketadi, sababi kasallik erta bosqiçda aniqlanadi»
— Tuğilişdan to 18 yoşgaça bölgan bemorlar orasida 12 yoşgaça bölgan bolalar örtasida saratonga çaliniş köproq uçraydi. Boşqa yoşdayam bu kasalga çaliniş holati köp, ammo 12 yoşgaça bölgan davr nisbatan xavfli hisoblanadi.
3 yoşgaça bemor bolalarda saratondan tuzaliş ehtimoli köproq. Agar bemorga kerakli miqdorda muolajalar qilinsa, protokol asosida davolansa, 3 yoşgaça bölgan 95 foiz bemor bolalar bu kasallikdan tuzaladi. Çunki 3 yoşgaça bölgan bolalarda embrional xarakter saqlanib turadi.
Hozirgi kunda dunyo böyiça rivojlangan davlatlarda 90 foiz bemorlar onkologik kasalliklardan soğayib ketişyapti. Çunki kasallik erta bosqiçda aniqlanadi. Masalan, Koreya va Germaniya davlatlarida kasallikning 4-bosqiçda bölgan bemor uçramaydi. Eng oğir holatda bemor ham 3-bosqiçda aniqlanadi.
Özbekistonda esa bemorda kasallik aniqlangan paytda asosan 3- va 4- bosqiçlarga ötib bölgan böladi. 2-bosqiçda kasallikning aniqlanişi judayam kam kuzatiladi. Şu sababli bizda birlamçi böğindagi şifokorlar va mutaxassislarning malakasini oşiriş kerak. Bu sohada kadrlarning barçasini qaytadan tayyorlaş kerak. Bolalar onkologiyasini davolaş böyiça rivojlangan davlatlar bizdan ança ilgarilab ketgan.
«Onkologiyada raqobat yöqligi mutaxassislarning öz ustida işlamasligiga sabab böldi»
— Bizda onkologiya sohasida raqobatning yöqligi sohada rivojlanişni töxtatib qöygandi. Oxirgi 3-4 yil içida xususiy tibbiyot muassasalariga onkologik kasalliklarni ham davolaşga ruxsat berildi. Tibbiyotning qaysi yönalişida xususiy sektorga ruxsat berilgan bölsa, ular dunyo standartini özlaştirişga harakat qilişadi. Qaysi soha xususiylaştirilmasdan davlat qaramoğida qolgan bölsa, ayniqsa onkologiya sohasi monopoliyaga aylangan edi, bunaqa vaziyatda kadrlar ham öz ustida işlamaydi, çunki bemor istasa-istamasa boşqa boradigan joyi yöq.
Gematologiya böyiça bunday deyolmaymiz, gematologlar har yili xorijda malaka oşirişadi, öqib kelişadi, onkologiyada esa bu çeklanib qolgan. Onkologlarimiz xorij tajribasini örganiş uçun oxirgi yillarda xorijga çiqişganini bilmayman.

«Tizim butunlay özgaradi»
— 2021 yilda Koreya bilan hamkorlikda oçilgan Bolalar milliy tibbiyot markazida 20 örindan iborat ixtisoslaştirilgan bolalar onkologiya va gematologiya bölimi taşkil etildi. Markaz negizida butun respublikada şunday amaliyot rejalaştirilgan. Yaqinda qabul qilingan davlat rahbarining qarori bilan bu tizim tubdan özgaradi. Butun dunyoda onkologik-gematologik kasallar qanday davolansa, bizdayam şu yölga qöyiladi.
Bizda davolaş usulini özgartirişdan qörqişadi. Hali bunga tayyor emasmiz, unga katta pul kerak, degan hadik bor. Qozoğiston, Laos, Kambodja kabi davlatlar ham bizdan rivojlanib ketmagan. Lekin Qozoğiston suyak kömigi iligini köçiriş jarrohlik amaliyotini yölga qöyganiga 5 yil böldi. Belarus buni amalga oşirayotganiga 30 yil bölyapti. Yursak yuraveramiz rivojlanişni kutib, bunaqada rivojlangan davlatlarga yetib olişimiz qiyin.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti standartiga köra, bolalar onkologiyasida har 2 yilda davolaş protokoli va diagnostika yangilanib turadi. Lekin bizda bunga heç kim ahamiyat berayotgani yöq. Soğliqni saqlaş vazirligining özini qiladigan işi köpdir, lekin mutaxassislar şu sohaning içida turib, muammolarga yeçimni talab qilmasa, vazirlikning ham e'tibori kam bölişi mumkin.
Qança bolalar sarson bölişyapti, ota-onalar davo izlab çet elga ketişyapti. Şu davolaş tizimini özimizda ham taşkil qiliş mumkin ekan. Mana hozir bizning markazda onkologik-gematologik bemor bolalar uçun 20 ta örin mavjud. Oxirgi 3 oyda jami 69 nafar bemor bolalar davolangan bölsa, şundan 15 nafari remissiyaga çiqqan, ya'ni töliq tuzalgan. Qolgan 57 nafari davolaniş bosqiçlarida.
Davlat rahbari yaqinda juda katta masalaga e'tibor qaratdi: har bir hududdagi köp tarmoqli klinikalarda şunday ixtisoslaşgan onkogematologiya bölimlari oçiladi. Bularning moddiy-texnik bazasi, taşkil qiliniş strukturasi işlab çiqilmoqda.
Bolalar onko-gematologiyasini davolaş uçun öz milliy protokolimizni yaratişimiz kerak. Bundan taşqari, kadrlarni jalb qiliş kerak. Bizning sohada kadrlar yetişmasligi – katta muammo. Çunki oğir soha – köp yil öqiş talab qilinadi, kasallarimiz oğir böladi. Tibbiyot oliygohiga kirayotganlar köproq nisbatan osonroq yönalişlarni tanlaşadi: stomatologiya yoki plastik jarrohlikka öxşagan. Respublika böyiça hozirda faoliyat körsatayotgan bolalar onkologlari jamoasi bor-yöği taxminan 25 nafar atrofida çiqadi. Tibbiyotning şunday tarmoqlari borki, 1000ta-500talab mutaxassislari bor, ana şu mutaxassislarni qayta tayyorlaş orqali ham onkologlar safini kengaytirişimiz mumkin.
Bolalarni saratondan himoya qiliş uçun ota-onalarga tavsiyalar
— Bolalar saratoni oxiri yöq narsa emas. Agar ota-ona, şifokorlar birgalikda işlaşsa, albatta, tuzalib ketiş mumkin. Heç kim saratondan kafolatlana olmaydi: kattalar ham, bolalar ham. Lekin bu kasalga çalinganda erta bosqiçda aniqlaş juda muhim. Ota-ona e'tiborli bölişi kerak. Bolani vaqti-vaqti bilan tibbiy körikdan ötkazib turiş kerak. Bola köp terlayaptimi, iştahasi qanday, tana harorati nazoratda tutilsa, maqsadga muvofiq. Çunki ilk belgilar ana şunday körinişda namoyon böladi.
Ovqatlaniş ratsioniga köproq tabiiy mahsulotlarni kiritiş, ularni çiniqtiriş orqali saratondan imkon qadar himoyalaniş mumkin.
Bugungi kunda Özbekistonda bolalarda saratondan tuzaliş 30 foizni taşkil qiladi. Bu ma'lumotni öz tajribamdan kelib çiqib hisob-kitob qilganman. Buni rad qilib, 70 foiz deyişgan. Lekin unday emas.
Muammo şunçalik köpligi uçun ham prezident tomonidan şu qaror qabul qilindi. Çunki şu qadar noçor ahvolga kelib qolgan edi bu soha. Bolalar onkologiyasini ana şu botqoqdan çiqarib oliş kerak. Buning uçun soha vakillari qattiq mehnat qilişi, jon kuydirişi kerak.
Deyarli 6 oydan beri şu sohani respublikadagi holati böyiça monitoring qiliş, konsepsiyalarni işlab çiqiş va tahlil qiliş uçun işçi guruh işlayapti. Keçalariyam işlaşga töğri keldi ba'zida, lekin şunday qilinişi kerak edi. Bölmasa yana 15 yil şu tarzda davom etaverardik. Boşida ayrimlarga yomon körindik, balki haliyam şunaqadir. Biz yomon körinaveraylik, lekin bolalarimiz yaxşi bölsin.
Gulmira Toşniyozova suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Abduqodir Tölqinov.
Yiliga 800ga yaqin bolada saraton aniqlanadi. Sabablar va unga qarşi kuraş haqida
Onkologiya muammolari – uzluksiz şikoyatlar, erişilgan natija va bugungi imkoniyatlar
«Saraton hukm emas, agar...» — Bolalar onkologiyasidagi muammolar böyiça jamoatçilik murojaati











