Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Android-smartfonlarda O‘zbekistondagi ehtimoliy zilzilalar haqida ogohlantiruvchi funksiya paydo bo‘ladi
Xabar qilinishicha, Android operatsion tizimida oltita yangi funksiya ishga tushadi.
Google kompaniyasi Android tizimidagi yangi funksiyalar haqida ma'lumot berdi.
Xabar qilinishicha, Android operatsion tizimida oltita yangi imkoniyat paydo bo‘ladi. Qurilmalar foydalanuvchilarni zilzilalar to‘g‘risida ogohlantiradi – ilgari Yangi Zelandiya va Gretsiyada yo‘lga qo‘yilgan funksiya endilikda Turkiya, Filippin, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham ishga tushadi.
Yana bir yangilanish Android Auto ilovasining modernizatsiyasi bo‘ladi.
Bundan tashqari, muhim xabarlarni belgilab qo‘yish, ingliz, ispan va portugal tillaridagi matnlarda esa xabar mazmuniga mos emodzilarni avtomatik tanlash funksiyasi paydo bo‘ladi.
Ovozli buyruq bilan ishga tushirish mumkin bo‘lgan ilovalar soni oshadi.
Android uchun yangilanishlar aynan qachondan taqdim etilishi ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
12:44 / 16.12.2025
iPhone’dan Android’ga o‘tish endi ancha oson
14:14 / 31.10.2025
Android iPhone’dan xavfsizroq chiqdi - Google yangi tadqiqot natijalarini e’lon qildi
11:50 / 03.09.2025
AQSh sudi Googleʼga Chrome va Android'ni sotmaslikka ruxsat berdi
23:10 / 26.08.2025