2 sentabr, seşanba kuni AQŞning Kolumbiya okrug sudi monopoliyaga qarşi iş böyiça Googleʼning internet qidiruv tizimlari bozoridagi hukmronligi haqidagi qarorni çiqardi. Sudya Amit Mehta AQŞ Adliya vazirligining kompaniyaning asosiy mahsulotlari – Chrome brauzeri va mobil gadjetlar uçun Android operatsion tizimini sotiş böyiça sörovini rad etdi, deb yozadi The Wall Street Journal.
230 sahifalik sud qarori Google'ga özining asosiy xizmatlarini, jumladan, veb-qidiruv, Chrome va sun’iy intellektli Gemini çat-botini tarqatiş böyiça eksklyuziv şartnomalar tuzişni taqiqlaydi. Biroq qaror hali ham Amerika kompaniyasiga Apple yoki Mozilla (Firefox brauzerini işlab çiqaruvçi) kabi kompaniyalarga xizmatlarini mahsulotlariga oldindan örnatiş uçun tölaş imkonini beradi. Ma’lumki, Google «olma» Safari brauzerida standart qidiruv tizimi ekanligi uçun Apple yiliga 20 milliard dollar oladi.
Federal sud, şuningdek, Google'ga öz ma’lumotlarini Microsoft Bing yoki DuckDuckGo kabi internet-qidiruv bozoridagi ikkala raqobatçi va ChatGPT yaratuvçisi OpenAI kabi sun’iy intellekt kompaniyalari bilan olti yil davomida bölişişni buyurdi. Qaror sudya Mehtaning 2024 yildagi Google qidiruv va reklama bozorlarida adolatsiz ustunlikka ega emasligi va monopoliyasini himoya qiliş uçun milliardlab dollar sarflaganligi haqidagi qaroriga asoslanadi. Kompaniya allaqaçon qaror ustidan şikoyat qilişini bildirgan.











