Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toşqulov MFaktor loyihasiga bergan intervyusida oliy ta'limda şu vaqtgaça yöl qöyilgan xato va uning oqibati xususida fikr bildirdi.
«Oliy ta'limdagi eng katta muvaffaqiyatsizlik sababi – magistratura bosqiçidir.
Bu bosqiç butun ta'lim tizimini şu ahvolga olib kelib qöydi. Öqituvçilar 5 yil öqitgan talabasining yuriş-turişi, ilmga munosabati, notiqlik mahorati, liderlik qobiliyatiga qarab universitetda olib qolişga intilardi.
Oliy ta'lim tizimini 2 bosqiç: bakalavrat va magistraturaga ajratdik. Bu töğri böldi. Lekin biz nima qildik, magistraturaga qabul tizimini notöğri qildik. Qabulni oliy ta'lim muassasalarining öziga qöyib berdik. Bakalavr bosqiçi qabulini test tizimida qilgan bölsak, magistraturani rektorlar, OTM komissiyasi hal qiladi, dedik va 90 foiz holatlarda korrupsion mexanizm işladi.
Universitetda öqituvçi bölişi kerak bölgan iqtidorli talaba qolib, taniş-bilişçilik bilan magistraturani şunçaki bakalavrdan keyingi bosqiç deb biladigan yaramaydigan talabalar qabul qilindi.
Magistratura "stavka"lari ham oçiq-oydin edi, kamida 2-3 ming dollar. Şu jarayonda biz universitetga kerakli iqtidorli öqituvçilarni yöqotib qöydik, ular davlat universitetlarida dars berişni istaşmayapti, çunki oylik kam.
Magistraturaga qinğir yöl bilan kirganlar bitirgaç boşqa sohaga bordi. Undan yaxşi tadbirkor çiqmadi. Soliq taşkiloti, hokimiyatga bordi. Uddalay olmadi. Oxiri iş topolmagaç, magistr diplomini körsatib, universitetda öqituvçi bölaman, dedi. Böş iş örni bor edi, qabul qilindi. Lekin talabalarning ota-onasi bunday öqituvçilarga işonmadi.
Umumiy bakalavrlarning atigi 2 foiz talabasi magistr böliş imkoniga ega edi. Juda kam körsatkiç edi bu. Buning hammasi öylab qilingan. Bu – niyatning töğri emasligi. Buning oqibati öqituvçilar yetişmasligini keltirib çiqardi. Öqituvçilar yetişmagandan keyin, haligi [magistraturaga pul bilan kirib,] tugatganlar ketmadi, yuraverdi.
Hozir vaziyat özgardi. Oxirgi beş yilda magistrlar soni qariyb 7 baravarga köpaydi. 137 ta OTMda 31 ming nafar öqituvçi işlayapti. 31 ming nafar magistr esa öqiyapti. Demak, har bir öqituvçi örniga yangi kadr bor.








