Putin Bayden bilan uchrashish uchun Jyenevaga yetib bordi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashish uchun Shveytsariyaning Jyeneva shahriga yetib bordi. Uning IL-96 samolyoti Toshkent vaqti bilan 15:30 ga yaqin Jyeneva aeroportiga qo‘ndi.

Aeroportda Putinni o‘z qo‘riqchilari kutib oldi. U Shveytsariyadagi sammit davomida Rossiyada ishlab chiqarilgan «Aurus» mashinalaridan tashkil topgan kortejda harakatlanadi. Mashinalar uni aeroportdayoq kutib oldi. Putin samolyotdan maxsus usti yopiq trapda tushib keldi.
Rossiya prezidentining faoliyatini yorituvchi nashrlarning yozishicha, Putin uchrashuvlarni o‘ng tomonda boshlaydi va uchrashuv o‘tadigan villaga Baydendan oldin boradi. Bu esa diplomatik jihatdan qaraganda Rossiya sammitda rasman mezbon ekanini anglatadi.
Ma'lumot uchun, bugun Jyenevada Rossiya va AQSh prezidentlari ishtirokidagi Rossiya-AQSh sammiti o‘tkaziladi. Unda Vladimir Putin va Jo Bayden turli global hamda o‘zaro munosabatlarni muhokama qilishadi. Ma'lum bo‘lishicha, tomonlar uchrashuv davomida hech qanday hujjat imzolamaydi.
Toshkent vaqti bilan 16:20 arafasida Putin va Bayden sammit o‘tadigan La Granj villasiga yetib borishdi. Avvaliga «Aurus» korteji va mahalliy politsiya hamrohligidagi Rossiya prezidenti mezbon sifatida villaga yetib bordi. Uni kiraverishda Shveytsariya prezidentdi Gi Parmelin kutib oldi. O‘zaro qo‘l berib ko‘rishishda Shveytsariya prezidenti hayajon sabab Putinning qo‘lini ikki marta havoda qoldirdi.
Putindan 12 daqiqa o‘tib AQSh prezidenti ham villaga yetib bordi. Baydenning korteji Putinnikidan kattaroq ekanini ko‘rish mumkin. Kortej asosan Chevrolet mashinalaridan iborat edi. Bayden esa AQSh prezidentlari uchun ishlab chiqariluvchi maxsus Cadillac One zirxli mashinasida harakatlandi.
Ikki prezident Shveytsariya prezidenti hamrohligida OAV oldiga chiqib keldi. Gi Parmelin ham inglizcha, ham ruscha biroz gapirib, mehmonlarni tabassum qilishga undadi. Keyin Putin va Bayden ilk marta prezident sifatida qo‘l berib ko‘rishdi.
Oxirgi marta Rossiya-AQSh sammiti 2018 yil Finlandiya poytaxti Xelsinkida o‘tgan. Tramp va Putin o‘rtasidagi muloqotlardan keyin o‘shanda AQSh prezidenti keskin tanqidlar ostida qolib ketgan edi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urush tufayli Rossiya qurol eksportini kamaytirdi. Uning jahon bozoridagi o‘rnini Hindiston egallamoqda
Jahon | 09:55
-
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:40
-
Yevroittifoq migratsiya siyosatini kuchaytirmoqda
Jahon | 09:26
-
Yil boshidan beri eng ko‘p qanday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgani aytildi
O‘zbekiston | 08:54
Mavzuga oid

21:18 / 16.04.2025
Tramp o‘zini tanqid qilgan Baydenga javob qaytardi

16:50 / 16.04.2025
Bayden Oq uyni tark etganidan keyin birinchi marta Trampni tanqid qildi

15:09 / 16.04.2025
Lavrov Putinning yangi «ambitsiyali» rejalarini ma’lum qildi

17:24 / 13.04.2025