O‘zbekiston | 10:42 / 16.06.2021
4681
2 daqiqa o‘qiladi

Yana bir qancha tumanlarda radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi

Foto: KUN.UZ

Radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarilishi boshlangani haqida xabar berilgan edi. IIV YHXBB ma'lumotiga ko‘ra, yana 4 ta hududda radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. 

Ular:

  • Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intellektual videokamera va 2 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan;

  • Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intellektual videokamera va 1 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qonliko‘l tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 3 ta intellektual videokamera va 3 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan;

  • Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 2 ta intellektual videokamera va 3 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan.

Bildirilishicha, yaqin fursatlarda boshqa hududlardan ham bu singari huquqlarning savdoga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid