Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atlantika orqali Britaniyadan AQSh tomon ekipajsiz avtonom kema yo‘lga tushdi
Ekipaji bo‘lmagan va faqat sun'iy ong bilan boshqariluvchi kema Atlantika okeani orqali o‘z safarini boshladi.
Kema 1620 yilda Amerikaga kelgan birinchi savdo kemasi sharafiga Mayflower deb nom olgan. U Britaniyadan AQSh tomon yo‘l oldi va belgilangan manzilga 3 haftadan keyin yetib kelishi kerak. Rejaga ko‘ra, kema dastlab AQSh shimolida joylashgan Keyp-Kod yarimorolidagi Provinstaun shahrida to‘xtab, so‘ngra Plimutga yo‘l oladi.
15 metrlik trimaran IBM kompaniyasi va ProMare notijorat tashkilotining birgalikdagi sa'y-harakatlari yordamida loyihalangan. Narxi 1,3 mln dollarni tashkil qiluvchi kema quyosh energiyasida ishlovchi gibrid elektr dvigatellar bilan jihozlangan. Uning bortida kameralar o‘rnatilgan. Kema sun'iy ong yordamida boshqariladi.
Hozirda ushbu kema Atlantikani kesib o‘tadigan eng yirik avtonom kema hisoblanadi. Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad okeandagi plastik mikrozarralar haqida axborot yig‘ish hisoblanadi.
Dastlabki rejaga ko‘ra, kema o‘z sayohatini Mayflower savdo kemasi AQShga kelishining 400 yilligi doirasida 2020 yilda amalga oshirishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi va nomaqbul ob-havo sharoitlari sababli safarni kechiktirishga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
12:51 / 04.05.2026
Atlantika okeanidagi kemada hantavirus infeksiyasi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
15:02 / 04.03.2026
OAV: Rossiyaning gaz tashuvchi kemasi O‘rta Yer dengizida yonmoqda
08:43 / 04.03.2026
Tramp: zarurat bo‘lsa, AQSh kuchlari Yaqin Sharqdagi kemalarni himoya qiladi
17:52 / 24.02.2026