Koinotda 30 yildan ko‘proq qolayotgan «Xabbl» teleskopi ishlashdan to‘xtadi
NASA’ning mashhur «Xabbl» teleskopi ishlamay qoldi. Koinot agentligida ta'kidlanishicha, koinotda 30 yildan ko‘proq vaqtdan beri qolayotgan va son-sanoqsiz kashfiyotlar qilgan teleskop astronomik kuzatuvlar olib borishdan to‘xtadi.

Foto: NASA
Teleskopda 1980-yillardagi kompyuter bilan muammolar yuzaga kelgani sababli u 13 iyundan beri ishlamayapti. Taxmin qilinishicha, kompyuter nosoz xotira platasi sababli o‘chib qolgan.
NASA aviadispetcherlari kompyuterni qayta yuklashga harakat qilishgan, biroq muammo hal bo‘lmagan. Hozirda mutaxassislar zaxira xotira blokiga o‘tishga harakat qilishmoqda. Agar u ishlab ketsa, unda teleskop barcha asboblar yoqilishidan oldin tekshiriladi. Hozircha teleskopdagi kameralar va boshqa asboblar xavfsiz rejimga o‘tkazilgan.
1990 yilda fazoga uchirilgan «Xabbl» unda o‘tkazilgan bir qator ta'mirlash ishlariga qaramay eskirib bormoqda.
Avvalroq mashhur teleskop koinotda qolayotganining 31 yilligini gigant sayyora shakllanishini muhrlash bilan nishonlagandi. Iyun boshida «Xabbl», shuningdek, o‘ziga qo‘shni galaktikaning tortish kuchi ta'sirida deformatsiyalangan galaktikani aniqlagandi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi
O‘zbekiston | 17:00
-
AQSh nafaqat Ukrainaga, balki boshqa mamlakatlarga ham harbiy yordamni to‘xtatdi
Jahon | 16:57
-
Rossiyada o‘yinchoq qurol bilan raqsga tushgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi
Jahon | 16:34
-
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Haydar Aliyev va Ozarboyjon qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi
O‘zbekiston | 16:09
Mavzuga oid

15:32 / 06.07.2024
Deyarli kitob hajmida – ixcham Dwarf 3 teleskopi taqdim etildi

16:21 / 08.06.2023
«Jyeyms Uebb» teleskopi koinotdagi eng uzoq «qurum bulutini» aniqladi

07:58 / 12.07.2022
NASA «Jyeyms Uebb» teleskopidan olingan birinchi suratni e’lon qildi

21:48 / 01.12.2020