DwarfLab kompaniyasi boşqa teleskoplarga qaraganda ança ixçam bölgan Dwarf 3’ni taqdim qildi. U dunyodagi eng yengil teleskoplardan biriga aylandi.

Uning oğirligi 1,35 kilogrammni taşkil qiladi, xolos. Ölçamlari şunday körinişda: 222×142×65.

Yangi teleskopning eng katta afzalliklaridan biri uni smartfonga ulaş mumkin. Bu foydalanuvçiga osmon jismlari haqida qöşimça ma’lumotlar beruvçi yordamçi ilovadan foydalanişga imkon beradi. Ilova yordamida teleskopni darhol kerakli jismlarni kuzatişga yönaltiriş mumkin. Ta’kidlaş kerak, bunda sun’iy idrok yordam beradi. 

Teleskop çang va suvdan himoyalangan. Akkumulyator siğimi 10 000 mAh’ga teng. Qurilma 128 G hajmdagi ma’lumotni özida saqlay oladi. Dwarf 3’dan nafaqat fotosuratlar oliş, balki 4 formatida videotasvirga oliş mumkin.

Teleskopga oldindan buyurtmalar oliş boşlangan. Uning narxi 479 dollarni taşkil qiladi.