NASA kosmik agentligi «Jyeyms Uebb» kosmik teleskopi (James Webb Space Telescope, JWST) tomonidan olingan koinotning birinçi rangli fotosuratini taqdim etdi. Surat 11 iyul, duşanba kuni Oq uydan translatsiya çoğida ommaga e’lon qilindi.
«NASAning Jyeyms Uebb kosmik teleskopi tomonidan olingan uşbu birinçi surat koinotning hozirgi kunga qadar eng çuqur va aniq infraqizil tasviridir», — deyiladi NASA bayonotida. Rasm 4,6 milliard yil oldin paydo bölgan SMACS 0723 galaktika yiğindisini aks ettiradi.
«Minglab galaktikalar, şu jumladan infraqizil nurda kuzatilgan eng zaif obektlar birinçi marta Uebbning köriş maydoniga tuşib qoldi. Bu ulkan koinot bölagi osmonning xuddi qum zarraçasidagi qismini qamrab oladi, uni yer yuzida kimdir qöl uzunligida uşlab turgandek göyo», deya agentlik rasmni tasvirlab berdi.
SMACS 0723 şunday katta massaga egaki, tortişiş kuçi uning orqasidagi galaktikalarning yoruğligini buzadi va «tortişiş linzalari» vazifasini bajaradi. Uşbu effekt tufayli kamera SMACS 0723 yiğindisi ortida joylaşgan uzoqroq galaktikalarni suratga olişga qodir, deb tuşuntiradi NASA.
NASA 12 iyul kuni Vaşington yaqinidagi Goddard kosmik parvozlar markazidan translatsiya paytida qayta işlangan tasvirlarning qolgan qismini taqdim etişga va’da berdi. «Uebb kosmik teleskopi tomonidan olingan birinçi surat ilm-fan va texnologiya uçun tarixiy lahzani ifodalaydi. Astronomiya va kosmik tadqiqotlar uçun. Amerika va butun insoniyat uçun», deb yozgan AQŞ prezidenti Jo Bayden.
«Jyeyms Uebb» kosmik teleskopi 2021 yil dekabr oyida koinotga uçirilgan. Bu NASA, Yevropa va Kanada kosmik agentliklarining qöşma loyihasidir. Loyihaning taxminiy qiymati 10 milliard dollarni taşkil etdi va bu boradagi işlar 30 yildan ortiq vaqt oldin boşlangan.













