Sobiq MXX markaziy binosi sotildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir qator yirik ko‘chmas mulk obektlarini xususiylashtirish jarayoni natijalari to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Ayrim yirik ko‘chmas mulk obektlarini xususiylashtirish jarayonlari bo‘yicha Davlat tender komissiyasining qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra:
- Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buxoro va Nuroniylar ko‘chalari kesishuvi manzilida joylashgan “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi” binosi bo‘yicha 78,0 milliard so‘m sotib olish narxi bilan – “Metro Plaza” MChJ;
- Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi manzilida joylashgan “Ichan qal'a” mehmonxona majmuasi bo‘yicha 74,2 milliard so‘m sotib olish narxi bilan – “QUADRO IH DMCC” kompaniyasi;
- Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi manzilida joylashgan sobiq “Markaziy bino” (sobiq MXX binosi) bo‘yicha 210,0 milliard so‘m sotib olish narxi bilan – “METROPOL GROUP” MChJ savdo g‘olibi deb topildi.
Bildirilishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi savdo g‘oliblari bilan davlat aktivining sotilishi yuzasidan oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish ishlarini boshlaydi.
Shu bilan birga, “Poytaxt biznes majmuasi” MChJ mulkiy majmuasi, “Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi va “Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MChJni xususiylashtirish jarayonlari davom etayotgani ma'lum qilindi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Better Cotton dasturi qamrovi kengaytiriladi
O‘zbekiston | 12:56
-
Moskva 1200 nafar Ukraina fuqarosining jasadini Kiyevga topshirdi
Jahon | 12:36
-
Toshkentda tez yordam mashinasi va Spark to‘qnashdi
O‘zbekiston | 12:04
-
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi
O‘zbekiston | 11:54
Mavzuga oid

10:50 / 12.06.2025
Ko‘chmas mulk obektlari savdosi tartibi o‘zgardi

14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?

09:18 / 19.05.2025
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik aprel oyida barqaror tiklandi

07:59 / 30.04.2025