2026 yil 1 yanvardan Özbekistonda köçmas mulk va quriliş materiallari böyiça soliq bazasi bozor qiymatidan kelib çiqib belgilanadi. Bu prezidentning 10 dekabrda qabul qilingan «Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalaştiriş va yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonida közda tutilgan, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Quriliş va savdo sohasida faoliyat yurituvçi yuridik şaxslar tomonidan özlarining ustav kapitali va undagi özgarişlar, şu jumladan, ustav kapitaliga kiritilgan tovarlar töğrisidagi ma’lumotlarning (elektron hisobvaraq-faktura, onlayn-nazorat kassa texnikasi çeki, bojxona yuk deklaratsiyasi, notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi şartnomasi va boşqa hujjatlar) hisobini yuritişi şart.

Mazkur turdagi operatsiyalar amalga oşirilganidan keyin 15 kun muddatda soliq organlarining ma’lumotlar bazasida şaxsiy kabinet orqali aks ettirilişi majburiy böladi.

Uşbu sanadan boşlab Özbekiston hududida jismoniy şaxslarga soliq organlarida röyxatdan ötmasdan tovarlar sotadigan yoki elektron xizmatlar körsatadigan xorijiy kompaniyalar xabarnoma yuborilgandan keyin 30 kun içida röyxatdan ötişi şart. Aks holda, uşbu yuridik şaxslarning Özbekistondagi faoliyati çeklanadi.

Bundan taşqari, import qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining 9 oy (göşt va höl meva-sabzavotlarning 3 oy) davomida sotilmagani va qiymati bazaviy hisoblaş miqdorining (BHM) 500 baravaridan (206 mln söm) ortiq bölgan uşbu mahsulotlar qoldiqda turgani holati sayyor soliq tekşiruvini ötkaziş uçun asos böladi.

Kameral soliq tekşiruvini ötkazişda soliq organlari aniqlagan tafovutni asoslaş uçun soliq tölovçilar tomonidan qöşimça hujjatlar taqdim etilganda, soliq organlari tomonidan ularning körib çiqilişi majburiy hisoblanadi. Bunda kameral soliq tekşiruvi natijasi böyiça aniqlangan huquqbuzarliklar soliq tölovçi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan hamda soliq va yiğimlar, şu jumladan, penyalar töliq tölanganda yuridik şaxsning mansabdor şaxslari jinoiy yoki qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa javobgarlikdan ozod qilinadi.

2026 yil 1 iyuldan nazorat qiluvçi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarida ötkaziladigan tekşiruvlar bodi-kameradan foydalangan holda amalga oşiriladi.