Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulk xizmatlari hajmi oshib bormoqda, asosiy ulush ijaraga to‘g‘ri keladi
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 21 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,4 foizga o‘sgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk xizmatlari bozoridagi asosiy ulush shaxsiy yoki ijaraga olingan ko‘chmas mulkni ijaraga berish va boshqarish xizmatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu yo‘nalish umumiy xizmatlar hajmining 95,9 foizini tashkil etgan.
Qolgan xizmat turlarining ulushi esa nisbatan kichik:
- shaxsiy ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha xizmatlar – 1,7 foiz;
- mukofot evaziga yoki shartnoma asosida ko‘chmas mulkni boshqarish xizmatlari – 1,6 foiz;
- ko‘chmas mulk bo‘yicha agentliklar yoki shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar – 0,8 foiz.
Statistik ma’lumotlar ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar bozorida ijara va boshqaruv operatsiyalari asosiy drayver ekanini, sotish-sotib olish va agentlik xizmatlari esa hozircha juda kam ulushni egallayotganini ko‘rsatmoqda.