Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UYeFA futbolchilardan matbuot anjumanlarida homiylarning ichimlik shishalarini chetga olib qo‘ymaslikni talab qildi
Avvalroq Krishtianu Ronaldu, Pol Pogba va Manuel Lokatelli oldilariga qo‘yilgan gazlangan ichimliklarni chetga olib qo‘ygandi.
UYeFA futbolchilardan Yevropa chempionati davomidagi matbuot anjumanlarida homiylarning ichimlik shishalariga tegmaslikni talab qildi.
UYeFAning tadbirlarni tashkillashtirish bo‘yicha direktori Martin Kallenning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot bu masala bo‘yicha jamoalar bilan ish olib borgan.
«Bu muhim, chunki homiylarning daromadlari musobaqa va Yevropa futboli uchun muhim», — dedi Kallen.
Hammasi Krishtianu Ronaldu Vengriya jamoasi bilan bahsdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida oldidagi Coca-Cola shishalarini bir chetga surib qo‘yib, «mana, nimani ichish kerak» deya oddiy suv quyilgan shishani olganidan boshlandi.
Keyinroq fransuz Pol Pogba (u Heineken pivosi shishasini chetga surib qo‘ydi) va italyan Manuel Lokatelli (u ham Coca-Cola shishalarini olib qo‘ydi) xuddi shunday qildi.
Mavzuga oid
23:45 / 06.10.2025
«Barselona» va «Milan»ga chempionat o‘yinlarini xorijda o‘tkazishga ruxsat berildi
23:32 / 25.09.2025
UEFA Isroilni chetlatish masalasini yana bir bor muhokama qiladi – OAV
19:11 / 24.09.2025
UYeFA Isroilni xalqaro turnirlardan chetlatmadi
19:39 / 21.09.2025