Soha olimlarining ogohlantirişiça, bugungi kunga kelib, uşbu tur jonivorlarining soni keskin kamayib bormoqda. Jumladan, hozirga kelib qönğir ayiqlarning jami soni atigi 150-200 boş atrofida qolgan.
Şunga qaramay, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya fuqarosi «Qizil kitob»ga kiritilgan ayiqni Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi raisi Alişer Maqsudovning ruxsatnomasi bilan öldirgani haqida xabarlar tarqaldi.
Jamoatçilikning keskin noroziligiga sabab bölgan bu xabar özi bilan bir qator savollarni ham örtaga çiqardi.
Xöş, otib öldirilaverar ekan, unda kamyob hayvonlar nega «Qizil kitob»ga kiritiladi? Kamyob hayvonlar otilmasa-çi, nima böladi? Bitta ayiqni öldiriş uçun Ekologiya qömitasi ovçilardan qança pul oladi?
Kun.uz muxbiri şu va boşqa savollar yuzasidan Ekologiya qömitasi boşqarma boşliği Abduraşid Sodiqov bilan intervyu uyuştirdi.
— Şafqatsizlarça otilgan ayiq voqeasi haqida gapirarkanmiz, bir holat yodga tuşadi. Bugungi kunda Xitoyda 1000 dan sal ortiqroq panda ayiği yaşaydi. Xitoyda pandani ovlaganlarga nisbatan ölim jazosi qöllaniladi. Özbekistonda esa qönğir ayiq 150-200 dona atrofida qolgan. Xöş, qaysi soğlom aql bilan qönğir ayiğini öldirişga Qömita tomonidan kvota berilgan?
— Vahşiylarça öldiriş degan söz bu yerda sal notöğri bölsa kerak, sababi, «Ov va ovçilik xöjaligi töğrisida»gi qonunda ham bunga nisbatan «tabiatdan ajratib oliş» iborasi işlatiladi. Bu estetik tarafdan ham otiş emas.
— Olib deymizmi, ajratib deymizmi, ayiq baribir öldirilyapti-ku.
— Keçirasiz, yana qaytaraman, bu yerda ruxsatnomaga ariza berilganda, Vazirlar mahkamasi qarorida körsatilganidek, «tabiatdan ajratib oliş» deb aytiladi.
Bilasiz, qönğir ayiq vahşiy hayvon, uni uşlab bölmaydi, otib olinadi. Bu ölja oviga kiradi. Bu birinçidan. Ikkinçidan, siz Xitoydagi holatni misol qilib keltiryapsiz, lekin u yerda panda milliy timsol. Xitoy prezidenti xorijiy davlat rahbarlariga ham panda sovğa qiladi, lekin panda şu davlatning özidan çiqarilmagan holda sovğa qilinadi.


















