Boksçi Şahram Ğiyosov ayiq bilan kuraşga tuşgani uçun jazolandi.

Ekologiya vazirligiga köra, sportçi “hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş” moddasi bilan 3 BHM (1 mln 125 ming söm) ma’muriy jarimaga tortilgan. Ma’muriy javobgarlik kodeksida uşbu qilmiş uçun 3 BHMdan 5 BHMgaça jarima közda tutilgan.

Şahram Ğiyosov vazirlikka çaqirtirilib, tuşuntiriş berilgan.

“Öz navbatida, Şahram Ğiyosov uzr sörab, öz xatosini tuşunib yetgani va bunday holat boşqa takrorlanmasligini ta’kidladi”, – deyiladi xabarda.

Video iştirokçilari va taşkilotçilardan tuşuntiriş xatlari olingan. Ayiq Farğona hayvonot boğiga topşirilgan.

Boks böyiça jahon çempioni va Olimpiada kumuş medali sovrindorining ayiq bilan kuraşga tuşib, uni bir neça marta yiqitgani, bu paytda bir kişi ayiqning jilovidan uşlab turgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga sabab bölgandi.

Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasi ötgan yili noyabrda qabul qilgan qarorga asosan, 2025 yil 1 yanvardan e’tiboran, jismoniy şaxslarga bir qator yovvoyi hayvonlarni, xususan ayiqlarni saqlaş taqiqlangan. Ayiqlardan sirk tomoşalarini ötkaziş maqsadlarida foydalaniş ham man etildi.