Misr vizasi Qohira, Aleksandriya, Luksor, Asyut, Xurgada, Mars-Alam hamda Şarm-el-Şeyxdagi aeroportlarda, şuningdek, suv transporti orqali Nuveyba hamda Asuana portlarida (daryo orqali) kelgaç rasmiylaştirişi mumkin. Afsuski, MDH mamlakatlari fuqarolari, xususan, Özbekiston fuqarolari ham Misr davlati vizasini oliş uçun oldindan Toşkent şahridagi Misr elçixonasiga hujjat topşirişlari şart.

Kiriş vizasi

Xalqaro sayyohlar uçun bir martalik kiriş vizasi mamlakatga yetib kelgaç istalgan kiriş nuqtasida amalga oşiriş mumkin. Faqatgina Isroil bilan çegaradoş qismidagi kiriş punktida sayyoh pasportiga “Sinay muhri” bosiladi. Xalqaro turistlarda mamlakatga kiriş uçun xorijga çiqiş pasporti hamda qaytiş bileti bölişi yetarli. Bunda pasport amal qiliş muddati viza beriladigan kundan e'tiboran 6 oy muddatdan kam bölmasligi zarur.

Kiriş vaqtida beriladigan turist vizasi muddati viza rasmiylaştirilgan kundan boşlab 1 oyni taşkil etadi.

Yuqorida ta'kidlaganimdek, Özbekiston fuqarolari viza oliş uçun Toşkent şahridagi Misr elçixonasiga quyidagi hujjatlarni şaxsan topşirişlari şart:

  1. Xorijga çiqiş pasporti (viza beriladigan kundan e'tiboran pasport amal qiliş muddati 6 oy muddatdan kam bölmasligi zarur);
  2. Mehmonxona bron qilinganligi va kunlik tölovlar tölanganligi töğrisida kvitansiya;
  3. Boriş-keliş avia çiptalari;
  4. Töldirilgan anketa;
  5. 2 ta rangli fotosurat (3x4 sm).

Ta'lim vizasiga hujjat topşirilganida talab qilinadigan qöşimça hujjatlar:

  1. Tibbiy suğurta;
  2. Universitetda öqiş uçun OTM tomonidan yozma taklifnoma;
  3. Moliyaviy holat töğrisida bank ma'lumotnomasi;
  4. Avvalgi ta'lim muassasalarining diplom va sertifikatlari nusxalari.

Odatda viza rasmiylaştiriş muddati 3-5 iş kunini taşkil etadi. 

Aeroportda viza oliş vaqtida xorijga çiqiş pasportiga maxsus viza markasi yopiştiriladi. Otasi yoki onasining pasportiga ismi şarifi keltirilgan bolalar uçun viza berilmaydi va kiriş uçun haq undirilmaydi.

Misr vizasi turlari

Misrga kiriş uçun olinişi nisbatan köproq va osonroq bölgan ruxsatnoma bu “Sinay muhri” sanaladi. Ammo, taşrifingiz muddati uzoqroq bölsa, unda rasmiy viza oliş zarur.

Taşrif maqsadiga köra, Misr vizalari bir neça turga bölinişi mumkin:

  • Turist vizasi – tarixiy obidalar yoki köngiloçar maskanlarga dam oliş maqsadida taşrif buyuruvçilarga;
  • Işçi vizasi – mamlakat hududida mehnat faoliyatini olib boriş uçun taklif qilingan fuqarolarga;
  • Kasbiy viza – dengizçi, jurnalist, uçuvçilar va diplomatlar uçun taklif qiluvçi tomon taşabbusiga köra taqdim etiladi;
  • Biznes vizasi – biznes, özaro hamkorlik, şartnomalar tuziş va hokazolar maqsadida taşrif buyuruvçilarga;
  • Ta'lim vizasi – Misr davlatidagi ta'lim muassasalarida öqiş maqsadida taşrif buyurayotgan şaxslarga (jumladan voyaga yetmaganlarga ham) beriladi;
  • Kelinlik vizasi – oila quriş kelişuvi tuzilgaç beriladi. Uning amal qiliş muddati 6 oy bölib, mazkur viza egasi berilgan 6 oy muddat içida Misr fuqarosi bilan nikohdan ötişi şart;
  • Rezident vizasi – bu Misr fuqarosi sanalgan şaxsning turmuş örtoğiga yoki mamlakat hududida köçmas mulkka ega bölgan şaxslarga nisbatan rasmiylaştiriladi.

Misr vizasi muddatini uzaytiriş

Sayyohlar viza muddatini uzaytiriş hamda kiriş sonini özgartiriş masalasida istalgan yirik şahardagi Misr IIBga murojaat qilişlari mumkin. Qoidaga köra, masala öz joyida hal qilinadi, biroq juda kamdan kam holatlarda uzaytiriş muddati bir oydan oşişi mumkin. Viza uzaytiriş yiğimi 51 misr funtiga teng. Mamlakatda vaqtinçalik yaşaş huquqiga ega böliş uçun misrlik iş beruvçi ma'lumotnomasi bölişi yoki davlat hududida köçmas mulkka ega bölişi yetarli.

“Sinay muhri”

 Misrning faqatgina Janubiy Sinay hududiga kelişni rejalaştirayotgan çet ellik fuqarolarga Şarm-el-Şeyx aeroportida va Nuvayba dengiz portida pasportlariga viza markasi örniga bepul Sinay muhri urilişi mumkin. Biroq, mazkur muhrda vizaga qaraganda bir neça kamçiliklar mavjud.

Qöşimça ma'lumot: Suriya va Eron fuqarolari uçun viza rasmiylaştiriş 8 haftagaça çöziladi.

Xususan, uning muddati 15 kungaça bölib, Misrning Afrika materigi qismiga kiriş huquqini bermaydi. Sinay yarimoroli hududida, ya'ni Qizil dengizi böylab Şarm-el-Şeyxdan to Taba şahrigaça hamda yarimorolning 40 kmgaça bölgan içki qismi, ya'ni Muqaddas Katarina monastiri va Muso toğigaça harakatlanişlari mumkin.

Mamlakat böylab harakatlaniş

Barça çet el fuqarolari uçun mamlakat böylab, ayniqsa, Ğazo sektori hamda mamlakatning janubiy qismi Qizil dengizidan Berenis qörğoniga qadar bölgan qismida erkin harakatlaniş çeklangan.

E'tibor bering! Viza muddati tugagan taqdirda Içki işlar organlariga taşrif buyuriş orqali viza muddatini uzaytiriş mumkin. Amal qiliş muddati ötib ketgan taqdirda 153 misr funti miqdorida jarima solinadi.

Asliddin Annayev
UzbekLife kolumnisti