Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Xitoy fuqarolari uchun Rossiyaga vizasiz kirishni joriy etdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy fuqarolari uchun RFga vizasiz kirishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi. Endilikda Xitoy fuqarolari Rossiya hududida vizasiz 30 kungacha bo‘lishi mumkin. Rossiyalik sayyohlar esa bir necha oydan beri Xitoyga sayohat qilish uchun viza olmasdan borish imkoniga ega.
Foto: Sergei Bobylev/TASS/ZUMA/picture alliance
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy fuqarolarining RFga vizasiz kirishini ko‘zda tutuvchi farmonni imzoladi. Mos hujjat dushanba kuni, 1 dekabrda, rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi. Vizasiz rejim 2026 yil 14 sentabrgacha amal qiladi. Xitoy fuqarolari Rossiya hududiga viza olmasdan kirib, u yerda 30 kungacha bo‘lishi mumkin.
Farmon matniga ko‘ra, gap Rossiyaga mehmon sifatida yoki xizmat safari bilan kelayotgan, sayyoh sifatida tashrif buyurayotgan, shuningdek, ilmiy, madaniy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy yoki sport tadbirlarida ishtirok etish uchun kelayotgan shaxslar to‘g‘risida ketmoqda.
Hujjatdan shuningdek ma’lum bo‘lishicha, Rossiyaga o‘qish, mehnat qilish yoki jurnalist sifatida faoliyat yuritish uchun kelayotgan Xitoy fuqarolari uchun viza talab etiladi. Shu bilan birga, Xitoy pasporti egalari Rossiya hududidan tranzit o‘tib ketsa, ularga viza kerak bo‘lmaydi.
2025 yil sentabr oyida Xitoy Rossiya fuqarolari uchun o‘xshash tarzda, 12 oylik sinov muddatiga mo‘ljallangan vizasiz rejimni joriy etgan edi. RF fuqarolari Xitoy hududida ham 30 kundan ortiq bo‘la olmaydi. Sayohat uchun ulardan faqat amaldagi xorijga chiqish pasporti talab etiladi.
Bungacha rossiyaliklar faqat ayrim hududlarga — masalan, Hongkong va Makaoga vizasiz bora olardi. 2023 yildan boshlab esa Moskva va Pekin o‘rtasida vizasiz guruhli sayohatlar to‘g‘risida bitim amal qilib kelayotgan edi.
Mavzuga oid
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
15:46 / 04.12.2025