Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat prezidentning “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 20 apreldagi PF–6208-son farmoni 3-bandi “a” kichik bandi ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Qaror loyihasi “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini kompensatsiya qilish, shuningdek, ushbu yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini qoplash maqsadida ishlab chiqilgan.
Qaror loyihasi bilan:
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizom;
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini qoplash tartibi tasdiqlanishi nazarda tutilgan.
Qarorga 1-ilovada Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ta'limni tugatgani munosabati bilan “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalaridan chiqarilgan yoshlarga, shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ularning davlat va nodavlat ta'lim muassasalaridagi “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” toifalar bo‘yicha avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining har bir oyi uchun o‘qish xarajati bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplanishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, qarorga 2-ilovada yuqoridagi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan ushbu yoshlarga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratilishi nazarda tutilgan.
Bildirilishicha, qaror loyihasi qabul qilinishi farmonda belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlashga xizmat qiladi.
Jumladan, “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalaridan chiqarilgan, shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ularning davlat va nodavlat ta'lim muassasalaridagi haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini qoplashga, bu bilan ushbu yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
12:53 / 24.06.2026
“Nogironligi bor bolalarimizni sarson qilishyapti” – Farg‘onadagi Muruvvat uyida maxsus guruh yopildi
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026
“Bolaga hatto ota-onaning kuchi yetmayapti” - maktablardagi intizom haqida suhbat
17:31 / 26.05.2026