O‘zbekiston | 08:44 / 24.06.2021
3414
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari»ga tegishli ayrim obektlar boshqa tashkilotlarga beriladi

Vazirlar Mahkamasi “Elektr energetika sohasi tashkilotlarining elektr xo‘jaligi obektlari va asosiy vositalaridan samarali foydalanishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJga tegishli bo‘lgan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ tizimidagi xo‘jalik jamiyatlariga beriladigan elektr tarmog‘i obektlarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Belgilanishicha, obektlar ulardagi barcha elektr qurilmalar, mol-mulklar, ularning texnik hujjatlari, shuningdek, boshqa muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari bilan birga "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ va "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish (kamaytirish) hisobiga o‘tkaziladi.

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ va "Hududiy elektr tarmoqlari" AJga bir oy muddatda obektlar belgilangan tartibda topshirilishi va qabul qilib olinishini ta'minlash topshirildi.

Ro‘yxatga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida joylashgan jami 16 ta obekt beriladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 19.06.2021 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid