Xususan, hujjat bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
• arxeologiya aşyolari davlat katalogi töğrisida;
• arxeologiya aşyolarini davlatga topşiriş va ularni fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktiriş, fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirilgan arxeologiya aşyolaridan foydalaniş hamda tadqiq qiliş tartibi töğrisida;
• xalqaro arxeologiya tadqiqotlarini taşkil etiş tartibi töğrisida;
• arxeologiya obektlarini konservatsiyalaş tartibi töğrisida.
Madaniyat işlari vazirligi arxeologiya obektlarining davlat katalogini yuritadi va arxeologiya aşyolarini röyxatdan ötkazişni amalga oşiradi.
Arxeologiya aşyolariga nisbatan fuqarolik huquqlari va burçlarini belgilaş, özgartiriş yoki bekor qiliş ular katalogda röyxatdan ötkazilganidan keyingina amalga oşiriladi.
Katalogda röyxatga olingan arxeologiya aşyolari begonalaştirilmaydi, ularning yöqolişi, buzilişi yoki boşqa arxeologiya aşyolariga ayirboşlanişi hollari bundan mustasno.
Arxeologiya aşyolari keyinçalik fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirilgan holda davlatga topşirilişi lozim. Bunda mazkur muassasalarda moddiy-texnika bazasi, şu jumladan xona yoki xonalar, saqlaş uçun zarur asbob-uskunalar, qöriqlaş vositalari va yonğinga qarşi vositalarning mavjud bölişi majburiy şart hisoblanadi.
Fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirilgan arxeologiya aşyolaridan faqat quyidagi maqsadlarda foydalanişga yöl qöyiladi:
• ilmiy, madaniy, ta’lim va ma’rifiy faoliyat;
• arxeologik aşyolar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qiliş.
Agar arxeologik aşyolar aniqlangan joyda qolib ketsa, ularni konservatsiya qiliş böyiça çoralar köriladi. Bunda mazkur predmetlar tavsiflangan, suratga olingan va ilmiy hisobotda keltirilgan bölişi lozim.












