Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublika bo‘yicha 19 mingta bo‘sh turgan va past quvvatda ishlayotgan obektlar mavjud – Shavkat Mirziyoyev
Ayni paytda prezident raisligida iqtisodiyot rivojida investitsiya va eksportni ko‘paytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
«O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida avval bo‘sh turgan 11 mingta korxona faoliyati tiklandi. Misol uchun, uzoq muddat davomida bo‘sh turgan sobiq «Andijon Mash» korxonasi negizida kichik sanoat zonasi tashkil etilib, 24ta yangi korxonada mingdan ziyod ish o‘rinlari yaratildi.
Shu ishlar Toshkent shahridagi «Texnopark», Farg‘onadagi «Mexanika zavodi»da ham amalga oshirilgan. Lekin, bu ishlar hozirgi kunda ancha sekinlashib qoldi desak, bu ham haqiqat. Masalan, Toshkent shahridagi sobiq «Algoritm zavodi», Yangiyerdagi «Yo‘l industriya», har bir tumandagi «Agroservis» korxonalari kabi yirik obektlardan foydalanish darajasi past.
Umuman, ayni paytda respublika bo‘yicha 19 mingta bo‘sh turgan va past quvvatlarda ishlayotgan obektlar mavjud.
Xorazmda – 3 mingta, Buxoroda – 2,5 ming, Toshkent viloyati va Samarqandda – 2 mingdan, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo va Farg‘onada – 1,5 mingdan, Surxondaryoda – 1 ming, Navoiy va Namanganda – 800tadan, Jizzax va Toshkent shahrida – 700tadan, Sirdaryoda – 400ta shunday obekt bor.
Bir oy muddatda bo‘sh turgan va past samarali obektlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, elektron platformasi yaratilsin», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
17:40 / 27.01.2026