Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari soni 180 milliondan oshdi
COVID-19 tarqalishi tezligi bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi. Bu yerda 33 mln 591 mingdan ortiq bemor va 603 mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan.
Pandemiya boshlangandan buyon dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni 180 milliondan oshdi, deb xabar berdi Jons Hopkins universiteti.
Universitet ma'lumotiga ko‘ra, kasallik yuqtirishlar soni 180 mln 37 mingdan oshgan. 3,9 milliondan ortiq bemor vafot etgan va 165,5 millionga yaqin kishi kasallikdan sog‘aygan.
COVID-19 tarqalishi tezligi bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi. Bu yerda 33 mln 591 mingdan ortiq bemor va 603 mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda Hindiston va Braziliya turibdi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, sayyora aholisi koronavirusga qarshi vaksinaning 2 mlrd dozasi bilan emlangan.
Avvalroq koronavirus yuqtirish holatlari o‘sayotganligi bois Toshkentga kirishda cheklovlar joriy etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025