Jahon | 23:34 / 25.06.2021
7958
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada pichoq bilan qurollangan shaxsning hujumi oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, erkakka qarata o‘q uzilgan va u qo‘lga olingan. Unga qadar esa fuqarolar uni to‘xtatishga uringan.

Germaniyaning Vyursburg shahrida shaxsi noma'lum erkak pichoq bilan o‘tkinchilarga hujum qildi, deb xabar bermoqda Main Post gazetasi.

Nashrning yozishicha, hujum oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, kamida olti kishi jarohatlangan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, erkakka qarata o‘q uzilgan va u qo‘lga olingan. Unga qadar esa fuqarolar uni to‘xtatishga uringan.

Voqea joyi o‘rab olingani aytilmoqda. Politsiya aholini mazkur hududga yaqinlashmaslikka chaqirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid