Jahon | 23:18 / 25.06.2021
5330
1 daqiqa o‘qiladi

Islandiya Yevropada birinchi bo‘lib barcha karantin cheklovlarini bekor qilmoqda

Mamlakat aholisining 87 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgan.

Islandiya hukumati koronavirus tarqalishi sababli  joriy etilgan barcha karantin choralarini bekor qilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Svandis Svavarsdottirning so‘zlariga ko‘ra, Islandiya karantin choralari bekor qilingan Yevropadagi birinchi davlat bo‘ladi.

Uning ma'lum qilishicha, cheklovlar 26 iyundan bekor qilinadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining 87 foizi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon Islandiyada 6637 kishi kasallikka chalingan, 30 kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid