Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri ijtimoiy masofaga rioya qilmagani uchun iste'foga chiqishini aytdi
«Qoida o‘rnatganlarning o‘zlari unga amal qilishlari kerak va shu bois iste'foga chiqishim shart», dedi Mett Henkok.
Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Henkok o‘zi bilan bog‘liq mojarodan so‘ng iste'foga chiqishini e'lon qildi.
Vazir ma'shuqasi bilan uchrashib ijtimoiy masofa saqlash qoidasini buzgani uchun xalqdan uzr so‘radi.
«Bugun sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ishlar vaziri lavozimidan iste'foga chiqishni so‘rash uchun bosh vazir bilan uchrashdim. Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash va karantin davomida mamlakatning barcha aholisi qurbonlar berishiga to‘g‘ri kelganini tushunaman. Qoida o‘rnatganlarning o‘zlari unga amal qilishlari kerak va shu bois iste'foga chiqishim shart», dedi Henkok Twitter sahifasida joylashtirgan videomurojaatida.
Henkok butun pandemiya davomida qirollik fuqarolari ijtimoiy masofaga amal qilishlari shartligini ta'kidlab kelgandi.
Mavzuga oid
08:58
Ukrainada yangi bosh vazir tayinlanishi kutilmoqda
20:02 / 14.07.2026
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko iste’foga chiqarildi
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026