O‘zbekiston | 12:08 / 26.06.2021
11847
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQShga boradi 

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining AQShga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida ma'lumot berildi.

2021 yilning 27 iyun – 4 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tashrif dasturida AQSh vazirlik va idoralarida qator uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi vazirlik va idoralar vakillari bilan muzokaralar ham bo‘lib o‘tadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid