Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Iroq va Suriya chegarasidagi guruhlarga qarshi amaliyot boshladi
AQSh havo kuchlari Iroq va Suriya chegarasidagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanishda gumon qilinadigan qurolli guruhlarga qarshi hujum boshladi. Bunga Iroqda joylashgan AQSh harbiy kuchlariga so‘nggi oylarda bir necha bor dron hujumlari uyushtirilganligi sabab sifatida ko‘rsatilgan.
Bu holatga prezident Jo Bayden «AQSh o‘z xodimlarini himoya qilish uchun harakat qildi», deya izoh bergan.
Pentagon qurbonlar haqida hech qanday ma'lumot bermagan bo‘lsa-da, kuzatuv guruhining bildirishicha, beshta jangari yo‘q qilingan.
Buyuk Britaniyada joylashgan Suriya inson huquqlari observatoriyasi mamlakatda yana bir necha jangari «AQSh harbiy samolyotlari hujumi natijasida» jarohat olganligini ma'lum qilgan.
Bu Jo Bayden o‘z lavozimiga kirishganidan beri Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qurolli guruhlarga qarshi havo hujumlarining ikkinchi bosqichidir.
Iroqda joylashgan AQSh harbiy kuchlariga so‘nggi oylarda bir necha bor dron hujumlari uyushtirilgan. Ammo Eron bunga aloqadorligini rad etib kelmoqda. Ayni paytda Iroqdagi xalqaro koalitsiya tarkibida 2500 nafar AQSh harbiylari bor.
Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, zarbalar Suriyaning ikkita va Iroqning bir hududidagi qurol-yarog‘ jihozlari va omborxonalariga qaratilgan. Ushbu inshootlardan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan bir necha jangari guruhlar foydalanib kelgan.
Eronning Iroq ichki ishlariga ta'siri 2003 yilda Saddam Husayn hokimiyatini ag‘darib tashlash maqsadida AQSh qo‘shinlarining mamlakatga bostirib kirgandan keyingi davrda tobora o‘sib bormoqda.
Bu zarbalar Eronning xalqaro kuchlar, xususan, AQSh bilan 2015 yilda imzolangan yadroviy kelishuvni qayta tiklash to‘g‘risida muzokaralarni olib borayotgan bir paytda amalga oshirilayotganligi e'tiborni tortadi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026