Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXShT Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatda Tojikistonga yordam berishini ma'lum qildi
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) Tojikiston Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat yuzasidan yordam so‘rasa, unga yordam berishga tayyor. Bu haqda KXShT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov ma'lum qildi.
KXShT unga kiruvchi davlatlar – Rossiya, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistonni tashqi tajovuzlardan himoya qiluvchi harbiy-siyosiy blok hisoblanadi.
«Tojikistonga KXShT tomonidan u so‘ragan barcha zaruriy yordam ko‘rsatiladi. Bu siyosiy, harbiy va harbiy-texnik yordam bo‘lishi mumkin», deb aytgan Zaynetdinov.
Uning ta'kidlashicha, KXShTda tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash bo‘yicha maqsadli davlatlararo dastur tayyorlashga oid ishlar olib borilmoqda. Bu KXShTda 2021 yilda raislik qilayotgan Tojikiston faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
22 iyunda Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegarasini qo‘riqlayotgan afg‘on chegarachilari toliblar hujumiga uchragan. To‘qnashuvlar davomida 134 nafar afg‘on harbiysi Tojikistondan boshpana so‘rashga majbur bo‘lgan. 27 iyunda esa yana 17 nafar afg‘on harbiysi toliblar bilan to‘qnashuvlar vaqtida chekinib, Tojikiston tomonga o‘tgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
11:20 / 30.11.2025
“KXShT murakkab geosiyosiy inqirozda” - Rabbimov
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
14:25 / 01.09.2025