31 avgust, yakşanba kuni Belarusda Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotining «Vzaimodeystviye-2025», «Poisk-2025» va «Eşelon-2025» maşğulotlari boşlandi. Maşğulotlarda Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Tojikistondan ikki mingdan ortiq harbiy xizmatçilar iştirok etmoqda.
RIA «Novosti» xabariga köra, maşğulotlarga 450 ta qurol va texnika, jumladan 9 ta samolyot va vertolyot, şuningdek, 70 dan ortiq turli xildagi dronlar jalb etiladi.
Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoning şaxsiy buyruği bilan maşğulotlar mamlakat içkarisida ötkazildi, deya ma’lum qildi Minsk. «Biz maşqlarni ğarbiy va janubiy çegaralardan ataylab uzoqlaştirdik, toki bizni turli xil iğvolar va ehtimoliy provokatsiyalarda ayblaşmasin», — deya Belarus Boş ştab boşliği, general-mayor Pavel Muraveykoning sözlaridan iqtibos keltiradi RIA «Novosti».
Muraveykoning sözlariga köra, manyovrlar yadro qurolidan foydalanişni rejalaştirişni öz içiga oladi, ammo yadro qurolining özi qöllanmaydi. «Biz, aytaylik, butun dunyoga, global xavfsizlikka tahdid soladigan narsadan foydalana olmaymiz. Lekin buni qanday rejalaştirişni örganamiz», — dedi general-mayor.












