Birinçidan, klublar futbolida alohida öyinlar uçun tanlanadigan taktikaning ahamiyati u qadar katta bölmaydi. Futbolçilar yillab birga öynaşadi, şuğullanişadi, özaro munosabatlar va muhit katta rol öynaydi, ya'ni har qanday alohida öyin yoki turnir uçun poydevor yillar davomida quriladi. Hatto bir murabbiy bilan muvaffaqiyat qozonilgan turnirlarda avval işlab ketgan murabbiylarning ham hissasi yetarliça böladi – jamoa qaysidir pallalarda eski murabbiylar işlanmalaridan ham samarali foydalangan bölib çiqişadi.
Ikkinçidan, ayniqsa, top-klublarda ma'lum bir falsafa yoki uslubga qattiq boğlanib qoliş ehtiyoji kamroq. Top-klub deyarli har yili yulduz futbolçilarni sotib olişi kerak. Bu faqat jamoani kuçaytiriş, ma'lum pozitsiyani yopiş uçungina bölmaydi – top-klub yulduz futbolçilarni sotib olişi kerak, tamom. Bu marketing nuqtayi nazaridan, doimiy yangilaniş va top-darajada turiş jihatidan ham juda muhim ehtiyoj. Ya'ni klub davomli tarzda individuallarni sotib oliş zaruriyati murabbiylarni çeklaydi, tarkib bilan hisoblaşiş, har doim özgarişlar qilişni talab etadi.
Şuning uçun ma'lum falsafa va uslubga sodiq murabbiylar köproq örtamiyona jamoalarda kuzatiladi. Faqat Gvardiola alohida mavzu, lekin biz Kloppning ham yanada moslaşuvçan, köp tarmoqli murabbiyga aylanib borayotganiga guvoh bölyapmiz.
Terma jamoalarda esa köp narsa çeklangan. Murabbiy ixtiyorida faqat öşa mamlakat fuqarolari mavjud. Şuningdek, bir millat vakillari qaysidir xususiyat borasida yaqin böladi – böyi past mamlakat terma jamoasi murabbiyi taktikani şundan kelib tanlaşi kerak va hokazo. Xullas, mavjud imkoniyatlardan eng samarali natija çiqariş ehtiyoji murabbiylar uçun yangi ğoya, falsafa, tendensiya izlaşlari uçun yetarli sabab.
Ammo biz kuzatayotgan sönggi yirik turnirlar endi bizni boşqaça tendensiya kutayotganini körsatayotgandek. Sönggi Yevropa çempioni Portugaliya, jahon çempioni Fransiya, Yevro-2020dagi yetakçi jamoalar – Angliya, Belgiya, yana öşa Fransiya. E'tibor bersangiz, bu jamoalardagi umumiylik – alohida, ajralib turadigan uslubning yöqligi, köp holatlarda himoyaviy taktikani tanlayotganliklari va ança pragmatik futbol öynaşayotganini köramiz. Aksinça, ajoyib murabbiy yurişlari, kutilmagan uslublarni Daniya, Çexiya, Vengriya, Avstriya kabi jamoalarda körmoqdamiz. Nega?
Keça mağlubiyatga uçragan Portugaliya murabbiyi haqida uning Bruno, Feliş, Andre Silva, Bernardu, Kriştianu kabi yuqori hujum potensialidan foydalana olmay, himoyaviy öyin qurgani tanqid qilinmoqda. Işoning, ertagayoq Fransiya, Angliya yoki Belgiya mağlubiyatga uçrasa, xuddi şunday tanqidlarni öqiymiz. Axir Mbappe, De Bryuyne, Maunt, Keyn, Lukaku kabi futbolçilarni biz klublarda köryapmiz, ularning qanaqa sermahsul öynay olişlarini, gollari va assistlari sonini bilamiz – qanday qilib ulardan foydalana olmaslik mumkin, töğrimi?













