E va F guruhlarida ham 2-tur uçraşuvlari yakunlandi. 3-tur öyinlari bir vaqtda boşlanadi. Endi barça öyinlarni ham jonli efirda kuzatiş imkoni bölmaydi. Quyida şanba kungi öyinlardagi asosiy voqealar haqida.
Gurjiston — Çexiya: gurjilarning Yevro tarixidagi ilk oçkosi

Gurjiston — Çexiya 1:1
Gollar: Mikautadze (45+4, penalti) — Şik (59).
Gurjiston – Mamardaşvili, Kakabadze, Kaşiya, Kverkveliya (Gvelesiani, 81), Dvali, Tsitaişvili (Loçoşvili, 62), Koçoraşvili, Mekvabişvili, Davitaşvili (Çakvetadze, 62), Kvaratsxeliya (Lobjanidze, 82), Mikautadze (Kvilitaya, 88).
Çexiya – Stanek, Tsoufal, Hranaç, Goleş, Kreyçi, Yurasek (Şevçik, 81), Provod (Barak, 81), Souçek, Çerni (Yurasek, 55), Şik (Xitil, 68), Glojyek (Lingr, 55).
Ogohlantirişlar: Tsoufal (18), Kaşia (36), Provod (40), Yurasek (47), Goleş (53), Souçek (81), Gvelesiani (81), Mekvabişvili (83), Koçoraşvili (90+5).
Gurjiston uçun butun Yevro-2024 — bitta alohida katta yutuq. Bir neça kun muqaddam Villi Saniol jamoasi turnirda yorqin debyutini amalga oşirgandi va hatto gol urgandi (Turkiya bilan öyinda Jorj Mikautadze öz nomini tabloga yozdirib qöygan), ammo baribir ğalaba qozonişga muvaffaq bölmagandi.
Çexiya bilan öyinda esa nihoyat ilk oçko qölga kiritildi. Gurjiston birinçi bölib hisobni oçdi — birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda öşa Mikautadze penaltini aniq ijro etdi. Buyoğiga gol ötkazib yubormaslik talab etilardi. Ammo öxşamadi — çexlar hisobni tenglaştirişdi, ammo ular darvoza tomon jami 26 bor zarba bergani hisobga olinsa, gurjistonliklarning omadi ham keldi.
Bu Mamardaşvilining sa’y-harakatlari evaziga röy berdi — UYeFA ma’lumotiga köra, darvozabon 10 ta seyv amalga oşirgan, Opta — 11 ta deb hisoblagan. Qança bölmasin, bu turnira tarixidagi eng yaxşi körsatkiçlardan biri — Yevroda bir öyinda bundan köproq seyv faqat 2004 yilda latviyalik posbon Kolinko tomonidan ijro etilgandi.
Ikki tur davomida gurjilarda debyut gol, debyut oçko va öyinning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan qahramon darvozabon böldi. Lekin ularda Yevrodagi ilk ğalaba bölişi ham mumkin edi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Gurjiston uçga bir körinişida xavfli hujumga çiqib ketdi, ammo Lobjanidze öta qulay pozitsiyadan aniq zarba bera olmadi. Endi ğalaba qozoniş juda qiyin böladi — uçinçi turda pley-off masalasini hal qilib ulgurgan Portugaliyaga qarşi öyin kutmoqda. Çexiya Turkiya bilan öynaydi.
























