Tribunada töqnaşuv, Ronalduning superrekordi va turklarning supergollari. Yevroda beşinçi kun
|13:23 / 19.06.202422 1989 min
Portugaliya qöşimça daqiqalarda murabbiyning öğli urgan gol evaziga irodali ğalabaga erişdi.
18 iyun kuni F guruhidagi ikki uçraşuv bilan Yevro-2024 guruh bosqiçida birinçi tur öyinlari yakunlandi. Turkiya va Gurjiston turnirning eng yaxşi öyinlaridan birini ötkazişdi, 39 yoşdagi Kriştianu Ronaldu hali yaxşi sport formasida ekanini namoyiş etdi.
Turkiya va Gurjiston öyini qoldirilişi ham mumkin edi
Gurjiston milliy jamoasining turnirdagi ilk iştiroki köpçilikning diqqat markazida edi. Ammo öyindan oldin qiziqarlilikda öyinning özidan kam bölmagan voqealar röy berdi.
Asosiy muammo ob-havoda edi. Dortmundda kunduzi ham havo normal holatda edi, ammo keçga kelib kuçli jala quydi. Öyin boşlanişiga yaqin qolganida maydon futbol uçun emas, köproq suv polosiga tayyor holatda edi.
Stadion tomidan ham katta suv oqimi ötib, maydon atrofida kölmaklar yuzaga keldi.
Xodimlar bor kuçni işga solib, yiğilib qolgan suvni çiqarib taşlaşga harakat qilişdi, ammo yomğir tinay demasdi.
Bunday şaroitda futbol haqida öylaşi qiyin bölgan muxlislar esa vaqtiçoğlik qilişga qaror qilişdi va tribunada ikki jamoa muxlislari örtasida muştlaşuv boşlanib ketdi.
Turkiya va Gurjiston örtasidagi öyinni çempionatning eng tomoşabop öyini deyiş mumkin. Jamoalar amalda maydon markazisiz öynaşdi. Köp hujumlar uyuştirildi va öz navbatida raqibga ham gol urişga köp imkoniyat qoldirildi. Ikki tomondan darvoza ustunlari va tösinlariga borgan zarbalarni hisobga olsak, bu öyinda gollar törttadan köp ham bölişi mumkin edi.
Turkiya birinçi bölimda ikki daqiqa içida ikki bor darvozani işğol etdi. Ammo ulardan faqat bittasi inobatga olindi. Mert Muldur jarima maydoni içidan qaytib çiqqan töpni töxtatmasdan zarba berdi — töp yaqin töqqizlikka borib tuşdi. Va keyingi hujumdayoq Kenan Yildiz ham ikkinçi tempda böş darvozaga töpni kiritdi. Boş hakam golni hisobga olgandi, ammo VAR vaziyatga aralaşib, kiçik ofsayd qayd etdi.
Navbatdagi gol ham özini uzoq kuttirmadi. Gurjistonliklar 32-daqiqada hisobni tenglaştirişdi. Jorj Mikautadze milliy jamoasining Yevropa çempionatlaridagi ilk goli muallifi. Bu gol urilgan hujumda köp işni jarima maydoni içida raqibni aldab ötib, uzatma bergan Georgiy Koçoraşvili bajardi.
Ikkinçi bölim boşlanişidan 30 soniya ötmasdan muxlislar darvozasiga borgan yana bir zarba guvohi bölişdi. Ikki jamoa ham tavakkalçilik bilan hujumkor futbol öynaşda davom etişdi. Turklar kutilganidek köproq vaziyatlar yaratişdi va yakunda aynan ular yana oldinga çiqişdi. Arda Gulerning fantastik zarbasi golga aylandi.
«Real»ning hujumkor yarimhimoyaçisi bu mavsumda hayratlanarli körsatkiç qayd etmoqda. U Ispaniya çempionatida öziga berilgan vaqtda olti bor darvoza tomon zarba yöllagan — va olti gol urgan. Bu öyinda ham Guler bitta zarba berdi va bu golga aylandi. Birinçi bölimda Muldur turnirning eng çiroyli golini urgandek köringandi, Guler esa unga raqobat qiladigan böldi.
4 brilliant goals! Tap below to vote for your favourite? 🗳️👇
🇹🇷 Mert Müldür vs Georgia
🇷🇴 Nicolae Stanciu vs Ukraine
🇮🇹 Nicolò Barella vs Albania
🇹🇷 Arda Güler vs Georgia
Keyingi hujumdayoq gurjistonliklar muvozanatni tiklaşi mumkin edi. 70-daqiqada Koçoraşvili raqib jarima maydonida himoyaçini aldab ötdi, ammo uning qulay pozitsiyadan yöllagan zarbasi tösinga bordi. Keyin esa Georgiy Mamardaşvili bir neça ajoyib seyvlar namoyiş etişiga töğri keldi. Xviça Kvaratsxeliya emas, aynan u va Koçoraşvili gurjistonliklarning maydondagi eng yaxşi futbolçilari bölişdi.
Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda turklar kuçli bosimga bardoş berişiga töğri keldi. Xviça xavfli vaziyat yaratdi, ammo jamoadoşlari uning qanotdan uzatmasini golga aylantira olmadi. Keyin Turkiya jarima maydonida aql bovar qilmas işlar röy berdi. Koçoraşvilining zarbasi ustunga tegdi, keyin himoyaçi töpni darvoza çiziği ustidan qaytarib qoldi. Gurjiston Yevropa çempionatidagi ilk oçkosini qölga kiritişga juda yaqin edi, ammo buning örniga alamli gol ötkazib yuborildi.
Burçak zarbasi ijro etilayotganida Mamardaşvili raqib jarima maydoniga yetib bordi, turklar esa töpni egallab olib, qarşi hujum uyuştirdi, Karim Oqturköğli töp bilan maydonning yarmini bosib ötib, böş darvozani işğol etdi.
🇹🇷 Goal-saving block. A full-pitch sprint to score.
Öyin boşlanişi arafasida portugaliyaliklar bir neça rekordlarni örnatişdi: Kriştianu Ronaldu Yevropa çempionatlariga oltinçi marta kelgan ilk futbolçi böldi, Pepe 41 yoşida turnir tarixidagi eng yoşi katta futbolçiga aylandi. Ammo maydonda autsayder raqib qattiq qarşilik körsatdi — portugaliyaliklar birinçi bölimni töliq nazorat qilgan bölsa-da, raqib darvozasiga yöl topolmadi. Ronalduda ikkita yaxşi vaziyat böldi, ammo raqib darvozaboni uning zarbalarini tösdi.
Ronaldu jami 5 marta zarba berib, bu böyiça uçraşuvning eng yaxşi futbolçisi böldi. Uning uzatmalari 100 foizga aniq çiqdi - 22 tadan 22 tasi ham.
Favoritlar ikkinçi bölimda ham bosim uyuştirişda davom etdi, ammo 62-daqiqada çexlar kamdan kam hujumlaridan birida hisobni oçişdi — Lukaş Provod jarima maydoni taşqarisidan töpga bir teginişda zarba berib, Diogu Koştani doğda qoldirdi. Bu Çexiya futbolçilarining darvoza sohasiga borgan ilk zarbasi edi.
Portugaliya tezda javob qaytardi — Nunu Mendeş boş bilan töpni darvozaning öng burçagiga yönaltirdi, töp çexlar darvozabonidan unga yaqin masofadagi himoyaçining oyoğiga qaytdi va dramatik avtogol sodir böldi. Goldan keyin ssenariy özgarmadi — portugallar bosim qilişda davom etdi, çexlar esa öyin oxirigaça boşqa zarba yöllaşmadi. Roberto Martines şogirdlari esa öyin oxirlarida ikkita golli hujum uyuştirişdi: birinçi gol Ronaldudagi ofsayd tufayli bekor qilindi — Krişning boş bilan yöllagan zarbasi ustundan qaytgan, Diogu Jota esa bir neça metr masofadan turib qaytgan töpni darvozaga joylab qöygandi.
Lekin qöşimça daqiqalarda Fransişku Konseysau toza gol urdi — çexlar himoyaçisi Pedru Netuning qanotdan uzatmasini qaytarişda xatoga yöl qöydi va Portugaliyaning yaqin ötmişdagi yulduz futbolçisi, Serjiu Konseysauning 21 yoşli öğli Fransişku Konseysau ğalaba golini urdi.
Turnir favoritlaridan biri sifatida qaralgan portugallar ham birinçi turda Fransiya va Angliya kabi qiyin ğalabaga erişdi. Keyingi turda Ronaldu va jamoadoşlarini Turkiyaga qarşi yana bir qiyin öyin kutmoqda.