Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentning navbatdagi hududga tashrifi epidemiologik vaziyatga ko‘ra amalga oshiriladi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV uchun o‘tkazilgan an'anaviy brifingda yangi haftada davlat rahbari ishtirokida qanday tadbirlar rejalashtirilgani to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etdi.
«Davlatimiz rahbari 30 iyun kuni O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi doirasida yoshlar bilan uchrashadi.
Hafta davomida respublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan. Ammo tashrif bo‘yicha yakuniy qaror epidemiologik vaziyatga ko‘ra qabul qilinadi. Bu haqida qo‘shimcha tarzda batafsil ma'lumot beramiz», dedi Sherzod Asadov tadbir chog‘ida.
Sherzod Asadov davlat rahbarining aynan qaysi viloyatga tashrif buyurishi rejalashtirilayotganiga oydinlik kiritmagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yil boshidan buyon Buxoro viloyati (21-22 yanvar) Farg‘ona viloyati (4-5 fevral), Namangan viloyati (18-19 fevral), Toshkent viloyati (19 mart), Samarqand viloyati (15-16 aprel), Surxondaryo viloyati (1-2 iyun) va Andijon viloyatiga (17-18 iyun) safar qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat og‘irlashishi ortidan maxsus komissiya qo‘shimcha karantin cheklovlarini joriy qilgan, 28 iyundan Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan kirishda cheklovlar o‘rnatilgan, butun respublika bo‘ylab ko‘ngilochar va umumiy ovqatlanish obektlarida ish vaqti qisqartirilgan.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026