O‘zbekiston | 07:53 / 29.06.2021
5116
1 daqiqa o‘qiladi

29 iyun kuni O‘zbekiston hududiga issiq havo kirib kelishi davom etadi 

29 iyunda kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududidan issiq havo kirib kelishi davom etadi. Havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo 36-41 daraja issiqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba'zi joylarda 43 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi. Harorat 38-40 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 26-31 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid