Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh aviakompaniyasi rekord sonda samolyot buyurtirdi
AQShning United Airlines Holdings aviakompaniyasi pandemiyadan keyin turizm sohasi tiklanishiga umid qilgan holda 270ta tor fyuzelyajli Boeing va Airbus samolyotlaridan sotib olishini e'lon qildi.
Bu kompaniya tarixidagi va oxirgi o‘n yil ichida bir aviakompaniya uchun eng katta buyurtma hisoblanadi.
Kompaniya 200ta Boeing 737 MAX va 70ta A321neo sotib olishni rejalashtirmoqda.
Kompaniyaning havo floti avval buyurtirgan samolyotlari bilan birga yaqin yillarda 500dan ko‘proq yangi tor fyuzelyajli samolyotni tashkil qiladi.
Ushbu samolyotlardan taxminan 200tasi 500ta samolyotdan iborat kompaniya flotini kengaytirish uchun qo‘llanadi. Yana 300ta samolyot foydalanishdan chiqariladigan Boeing 757-200 samolyotlari o‘rnini egallaydi.
Aviakompaniya yangi samolyotlar xarid qilayotgani munosabati bilan qo‘shimcha 25 ming yangi xodim, jumladan, uchuvchi, bortkuzatuvchi va mexaniklarni ishga olishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026