Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi choralari joriy etiladi
Prezidentning “Nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ta'lim jarayonida yoshlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga asosan nodavlat ta'lim tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy etiladi:
a) 2021 yil 1 iyuldan boshlab:
- moddiy-texnik bazani mustahkamlash (avtotransport vositalarini sotib olishdan tashqari);
- ta'mirlash-tiklash ishlari;
- xodimlarni (o‘qituvchilarni) qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun tijorat banklari kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va shartlarda kafilliklar hamda foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar taqdim qilish.
Kompensatsiya avval berilgan kreditlarga ham qarzdorlik qoldig‘iga nisbatan tatbiq etiladi;
b) 2021 yil 1 avgustdan 2024 yil 1 yanvarga qadar:
- ta'lim jarayonida foydalaniladigan bino va inshootlar ijara to‘lovi xarajatlarining 50 foizigacha;
- biroq davlat ko‘chmas mulk obektlaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining qonunchilikda belgilangan minimal stavkasining 50 foizi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish.
Ushbu tartib Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashgan va ta'lim jarayonida foydalaniladigan bino va inshootlarga tatbiq qilinmaydi.
2021 yil 1 iyuldan 2024 yil 1 yanvarga qadar vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarning bino va inshootlarida (Toshkent va Samarqand shaharlaridan tashqari) faoliyatini amalga oshiradigan NTT:
- ijara to‘lovidan ozod etiladi (saqlash va kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno);
- ta'lim jarayoni natijasida olingan, o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni (ish va xizmatlarni) ta'lim tashkilotlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar (QQS va foyda solig‘i bo‘yicha) tatbiq etilgan holda realizatsiya qilish huquqiga ega.
Darsdan bo‘sh vaqtlarda, shu jumladan yozgi ta'til vaqtida quyidagi davlat mulki obektlarining NTTga ijaraga beriladi:
- maktabdan tashqari ta'lim kurslarini, shuningdek, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun davlat umumiy o‘rta va oliy ta'lim muassasalari bo‘sh maydonlari;
- aholining kompyuter savodxonligi bo‘yicha kurslar tashkil etish uchun qishloq joylarda joylashgan davlat umumiy o‘rta va professional ta'lim muassasalaridagi kompyuter sinflari. Bunda, kurslarni tashkil etish uchun jalb qilingan o‘qituvchilarning ish haqi xarajatlarining bir qismi oyiga BHMning 6 barobarigacha miqdorida tegishli mahalliy budjetlar hisobidan 2024 yil 1 yanvarga qadar kompensatsiya qilinadi.
2021 yil 1 oktyabrdan boshlab soliq to‘lovchi tomonidan tegishli xalqaro uyushmaga a'zo bo‘lish uchun a'zolik badallariga hamda qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun NTTga yo‘naltiriladigan o‘zining ish haqi va boshqa daromadlari summasi JShDSdan ozod qilinadi. Mazkur soliq imtiyozlari BHMning 8 barobarigacha bo‘lgan summaga, shuningdek, o‘quv kursidan muvaffaqiyatli o‘tgan hamda tegishli xalqaro uyushma a'zosi sifatida a'zolik badallari to‘lovini va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzurida Moliyaviy hisobot va auditning xalqaro standartlari bo‘yicha innovatsion malaka oshirish resurs markazi, shuningdek, Buxgalteriya hisobi va soliqlar bo‘yicha nodavlat malaka oshirish resurs markazi tashkil etiladi. 2021-2022 yillar davomida ularga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun 500 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
OO‘MTV Moliya vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2022 yil yakuniga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Moliya vazirligi huzuridagi o‘quv markazi hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro tashkilotlarning akkreditatsiyasidan o‘tkazish choralarini ko‘rish topshirildi. Yuqoridagi oliy ta'lim muassasalarining har biriga 2022 yilda 100 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan taqdirda, ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun 2023 yilda 1 mlrd so‘mdan bir martalik rag‘batlantirish mablag‘lari ajratiladi.
Mavzuga oid
10:15 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026