
«Bilamizki, koronavirus infeksiyasi dastlab katta yoşli insonlarda köproq kuzatilib, Özbekistonda ham pandemiyaning ilk davrlarida yoş bolalar deyarli COVID-19ga çalinmagan. Afsuski, bugunga kelib, bu virus ularni ham çetlab ötayotgani yöq. Ayniqsa, sönggi vaqtlarda bolalar kontingenti içida ham kasallaniş holatlari tez-tez aniqlanmoqda.
Jumladan, joriy yil aprel oyida «103» xizmati orqali 131 nafar bola xastalik belgilari bilan Zangiota yuqumli kasalliklar şifoxonasiga olib borilgan. May oyida bu raqam 152 nafarga yetgan bölsa, iyun oyining 28 sanasiga qadar 316 nafarni taşkil qildi.
Ayni paytda şahar «103» xizmati CALL-markaziga bir kunda örtaça 3900-4000 nafar fuqaro murojaat qilmoqda. Sönggi 10 kun içida (19-28 iyun kunlari) esa bolalarda koronavirus kasalligi belgilari bilan 203ta çaqiriq kelib tuşdi. Şundan pnevmoniya belgilari kuzatilgan, koronavirusga gumon qilingan va uşbu virusga PZR testi topşirib, musbat natija qayd etilgan 18 yoşgaça bölgan 191 nafar bemor bolalarga sifatli tez tibbiy yordam körsatilib, ular «103» xizmat orqali Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar şifoxonasiga olib borildi», deya Nasiba Mahmudovaning sözlarini keltirmoqda SSV matbuot xizmati.
Mutaxassis koronavirus infeksiyasi yanada keng tarqalib ketmasligi uçun tavsiyalar berib ötgan.
«Sir emas, bugun Yer yuzida koronavirus infeksiyasi kirib bormagan mamlakat qolmadi, hisob. Afsuski, ayrim yurtdoşlarimizning karantin qoidalariga rioya qilmasligi oqibatida mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat keyingi 15-20 kun içida yana murakkablaşdi. Ba'zi insonlar mas'uliyat va javobgarlik hissini unutib, «koronavirus menga va yaqinlarimga yuqmaydi» qabilida iş tutayotgani şundoq ham qaltis bölib turgan epidemiologik vaziyatni yanada izdan çiqarmoqda.
Şu bois, eng avvalo, har birimiz karantin qoidalariga sözsiz amal qiliş, eng bebaho ne'mat bölgan sihat-salomatlikni asraş va himoya qiliş uçun barça zarur çoralarni körişimiz lozim. Zarurat bölmaganda odamlar gavjum bölgan joylarga bormaslik, ijtimoiy masofa saqlaş, şaxsiy gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qiliş va niqob taqib yurişni tavsiya qilaman.
Eng asosiysi, köp narsa özimizga boğliq bölib, agar sabr-toqat, qat'iyat va jipslikda harakat qilsak va emlaş tadbirlariga jiddiy e'tibor qaratsak, öylaymanki, bu ofat tez kunda boşimizdan ariydi. Eng asosiysi, bu bilan özimiz va yaqinlarimiz salomatligini asragan bölamiz», degan u.












