Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalar uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasi tashkil etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Prezidentning "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasi tashkil etildi.
Laboratoriya Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tuzilmasida faoliyat ko‘rsatadi va yuridik shaxs maqomiga ega emas.
Qaror bilan laboratoriyaning vazifalari belgilandi:
- ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish jarayoniga ilg‘or xorijiy tajriba va innovatsion ta'lim metodlarini qo‘llashga oid eksperimentlar o‘tkazish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-innovatsion tavsiyalarni ishlab chiqish;
- ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasini o‘rganish, tahlil qilish, ularning rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
- pedagog va ota-onalar uchun bolalarni erta rivojlantirish hamda ularning rivojlanishidagi buzilishlarni korreksiya qilish va oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga asoslangan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
Laboratoriyani moliyalashtirish xarajatlari davlat budjetidan Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti uchun ajratilgan xarajatlar doirasida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
15:26 / 05.05.2026