Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada ko‘chki oqibatida 20 kishi bedarak yo‘qoldi
Kyodo agentligining xabariga ko‘ra, port rayonida ikki kishining jasadi topilgan.
Yaponiyaning atami shahrida yuz bergan ko‘chki oqibatida kamida 20 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. "Bi-bi-si"ning xabar berishicha, kuchli jala ko‘chki sodir bo‘lishiga olib kelgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tog‘dan oqib kelgan qora to‘lqin shaharga yopirilgani aks etgan videolar joylashtirildi. Natijada bir nechta uy vayron bo‘ldi yoki ko‘chki ostida qoldi.
Kyodo agentligining xabariga ko‘ra, port rayonida ikki kishining jasadi topilgan.
Atami shahri o‘zining qaynoq buloqlari bilan mashhur kurort hisoblanadi. Bu yerda iyul oyining dastlabki uch kuni davomida bir oylik me'yordagi yomg‘ir yoqqan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026