Yevro-2020. 1/4 final
Ukraina — Angliya — 0:4 (0:1)
Gollar: Keyn, 4 (0:1). Maguayr, 46 (0:2). Keyn, 50 (0:3). Xenderson, 63 (0:4).
Ukraina: Buşçan, Zabarniy, Matviyenko, Krivsov (Tsigankov, 35), Karavayev, Sidorçuk (Makarenko, 64), Zinçenko, Şaparenko, Mikolenko, Yaremçuk, Yarmolenko.
Angliya: Pikford, Uoker, Maguayr, Stouns, Şou (Tripper, 65), Sanço, Maunt, Rays (Henderson, 57), Fillips (Bellingem, 65), Sterling (Reşford, 65), Keyn (Kalvert-Lyuin, 73).
Hakamlar: Brih. Borş, Lupp (barçasi — Germaniya).
VAR: Frits. Gittelmann, Dingert, Dankert (barçasi — Germaniya).
3 iyul. Rim. Olimpiyskiy stadioni.
Garet Sautgeyt endi bemalol öz tanqidçilariga tablodagi hisobga qaraşni tavsiya qilişi mumkin. Uning rahbarligida Angliya qatorasiga ikkinçi yirik turnirda yarimfinalga qadar yetib keldi. 2018 yilgi jahon çempionatida törtinçi bölgan jamoa endi Yevro-2020da ham kamida şu natijani takrorlaşi aniq. Inglizlar sönggi bor 50 yil muqaddam xalqaro turnirda sovrindor bölişgan — JÇ-1966dan keyin «uç şerlar» Yevro-1968da bronza medallarga sazovor bölişgandi. Yevropa çempionatlarida inglizlar sönggi bor 25 yil avval — 1996 yilda Angliyadagi turnirda yarimfinalgaça yetib borişgandi.
2000-yillarda ham Angliyada yulduzli nomlar borasida hozirgidan qolişmaydigan jamoa töplangandi. Gari Nevill, Ferdinand, Terri, Kempbell, Eşli Koul, Bekhem, Jyerrard, Lempard, Makmanaman, Runi, Ouen... Ammo bu yigitlar katta turnirlarda biror marta hatto yarimfinalgaça yetib bora olişmagan. Holbuki ularni Sven-Yoran Eriksen va Fabio Kapello kabi avtoritet murabbiylar şuğullantirgan. Muvaffaqiyatsizliklarga turliça omillar bor edi — 2002 yilgi jahon çempionati çorakfinalida Simen Ronaldinoning maydon markazidan yöllagan zarbasini ötkazib yuborgan, keyingi ikki turnirda jamoa penaltilar seriyasida yutqazib iştirokini töxtatgan, 2010 yilda JAR mezbonligidagi mundialda Lempardning toza goli inobatga olinmagan.
Eriksen davrida ham, Kapello davrida ham «oltin avlodlar» katta turnirlarda keragidan ortiq pragmatik va zerikarli öyin namoyiş etişgan, xuddi hozir Sautgeyt davrida bölayotgani kabi. Ammo Sautgeytning konsepsiyasi natija keltirmoqda. Hozirça oraliq natija. Ammo ungaça bölgan 20 yillikdagi eng yaxşi natijalar.
Qolaversa, boşqa murabbiylardan farqli ravişda Sautgeytda asosiy tarkib bilan işlaşda juda kam vaqt böldi. 29 may kuni «Çelsi» va «Mançester Siti» (bu jamoalardan Angliya termasiga jami 10 futbolçi jalb etilgan) Çempionlar ligasi finalida töqnaşdi, 13 iyun kuni Angliya Xorvatiya bilan öynadi. Yevro arafasidagi örtoqlik uçraşuvlarida öynagan futbolçilar yakuniy zayavkaga kiritilmadi, kiritilganlarga esa dam berilişi kerak edi.












