11 iyulga ötar keçasi Yevropa çempionatida ikkinçi finalçini aniqlab beradigan öyin bölib ötdi.

Yevro-2024. Yarimfinal
Niderlandiya — Angliya 1:2
Gollar: Simons (7) — Keyn (18, penalti), Uotkins (90).
Niderlandiya – Verbryuggen, Dumfris (Zirkze, 90+3), de Vrey, van Deyk, Ake, Şauten, Reynders, Simons (Brobbi, 90+3), Malen (Vegorst, 46), Gakpo, Depay (Verman, 35).
Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Gehi, Trippiyer (Şou, 46), Rays, Foden (Palmer, 80), Bellinghem, Maynu (Gallaher, 90+3), Saka (Konsa, 90+3), Keyn (Uotkins, 81).
Ogohlantirişlar: Dumfris (17), Bellinghem (72), Saka (86), van Deyk (87), Simons (90+1), Trippiyer (90+5).

Yevro-2024 yarimfinaliga yetib kelgan juftliklar bir-biriga öxşaş edi — yorqin hujumkor jamoalar bölgan Ispaniya va Niderlandiya pragmatik va yopiq öyin körsatadigan Fransiya hamda Angliyaga qarşi. Bu qarama-qarşilikni futbolning antifutbol bilan töqnaşuvi deb ataganlar ham böldi.

Birinçi juftlikda muxlislarga yoqqan jamoa ustun keldi — Ispaniya va uşbu avlod ramzi bölgan Lamin Yamal Mbappe va Grizmanning akademik futbol körsatuvçi Fransiyasini mağlub etdi. Endi ikkinçi juftlikka navbat keldi. Agar ispanlar va fransuzlar nisbatan teng raqiblar deb körilgan bölsa, Niderlandiya va Angliya töqnaşuvida favorit ma’lum edi. Garet Sautgeyt jamoasi haddan taşqari zerikarli öyini bilan muxlislarning tanqidlariga sabab bölgan bölsa-da, baribir raqibidan köra kuçliroq tarkibga va barqaror öyin uslubiga ega edi.

Ronald Kuman kuçli raqibga moslaşişga harakat qilmadi — «aldamçi» töqqizlik rolidagi Depay bilan 4-2-3-1 sxemasi saqlanib qoldi. Turkiyaa qarşi öyindagi bilan soliştirganda yagona özgariş — hujumning öng qanotida turnirni öta muvaffaqiyatsiz ötkazgan Stiven Bergveyn örniga Doniell Malen tuşişi böldi.

Sautgeyt turnir davomida uç markaziy himoyaçi sxemasi bilan öynaşga ötdi. Inglizlar çorakfinalda Şveytsariya bilan şunday sxemada harakat qilgandi, bu safar ham futbolçilar 3-4-2-1 şaklida joylaşdi. Diskvalifikatsiyani ötab qaytgan Gehi Uoker va Stouns bilan himoya uçligini taşkil etdi.

Öyin startidayoq Xavi Simons inglizlarning rejasini özgartirib yubordi. Yoş havbek jahonning eng yaxşi tayanç yarimhimoyaçilaridan biri Deklan Raysdan töpni olib qöyib, öylaşga ortiqça vaqt sarflamasdan jarima maydoni taşqarisidan yöllangan kuçli zarba bilan darvozaning uzoq burçagini nişonga oldi.