Yevropa çempionatining hal qiluvçi bahsigaça oz vaqt qolmoqda. Quyida finalda töqnaşadigan ikki jamoa atrofidagi sönggi xabarlar haqida.

Ispanlar nima bölgan taqdirda ham de la Fuente bilan şartnomani uzaytiradi

Ispaniya milliy jamoasi turnirdagi eng rang-barang futbolni namoyiş etmoqda. Mamlakat futbol federatsiyasi muvaffaqiyatning asosiy ijodkori Luis de la Fuente bilan hamkorlikni uzaytirişga qaror qilgani ajablanarli emas. Holbuki, amaldagi şartnoma muddati tugaşiga ham hali ikki yil bor edi. AS xabariga köra, şartnoma muddatiga yana ikki yil qöşiladi. Murabbiyning javobi Angliya bilan öyin boşlanişidan oldinroq berilişi lozim.

Bu vaqtda Marca jurnalisti de la Fuentedan u Yevrodagi qaysi öyini bilan köprof faxrlanişini söragan. U esa köpçilik kutganidek Germaniyaga qarşi keçgan çorakfinalni aytmagan.

«Hammasidan ham köra birinçi öyin bilan faxrlanaman, çunki Xorvatiya kabi qiyin raqib bilan öyinda yaxşi start oliş muhim edi. Bu ğalaba saralaş vaqtida yuzaga kelgan öyinimiz ğoyasini mustahkamlaş uçun zarur edi. Bu öyin jamoamiz kuçini namoyiş etiş uçun mos palla edi».

Luisda turnirda faxrlaniş uçun yana bir öyin böladimi, buni bir neça soatlardan keyin bilib olamiz.

Inglizlar ham boş murabbiyni saqlab qolmoqçi

Angliya Garet Sautgeyt boşqaruvi davrida de la Fuentening Ispaniyasi kabi yorqin öyin körsatmayapti. Ammo jamoa barqaror ravişda natija körsatib kelmoqda: 2018 yilgi jahon çempionatida yarimfinal va sönggi ikki Yevroda finallar. Ekspertlar, jumladan, angliyalik sobiq hujumçi Gari Lineker Sautgeytning milliy jamoadagi davri poyoniga yetayotgani haqida aytmoqda. Ammo rahbariyat kutilganidek bunday fikrda emas. Nima bölganda ham, jamoa muvaffaqiyatli iştirok etmoqda.

Taniqli insayder Fabritsio Romano Angliya futbol assotsiatsiyasi allaqaçon Sautgeyt bilan muzokaralar ötkazgani va jamoa bu safar ham kumuş bilan çeklangan taqdirda ham u bilan xayrlaşmoqçi emasligini xabar qildi. Murabbiyning özi esa final arafasida Ispaniya manziliga maqtov bildirdi:

«Bu işni olganimning yagona sababi — millat sifatida Angliyaga muvaffaqiyat keltirişga uriniş, Angliya futbolini yaxşilaş, şuningdek jamoani finalga olib çiqiş edi, men bundan juda ham faxrlanaman. Biz bu yerga ğalaba qozoniş uçun kelganmiz va turnirning eng yaxşi jamoasi bilan öynaymiz. Bizda tayyorgarlik köriş uçun bir kun kamroq böldi, şunday ekan bu qiyin iş, ammo biz hali ham şu yerdamiz va kuraşni davom ettirmoqdamiz», — deya Sautgeytning sözlarini keltirgan FromTheSpot.