Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada ko‘chki ostidan 19 kishi qutqarib olindi
Yaponiyaning Atami shahrida yuz bergan ko‘chkidan keyin qutqaruvchilar vayronalar ostidan 19 kishini sog‘-omon chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Yosixide Sugaga tayanib “Kiodo” axborot agentligi xabar berdi.
Avvalroq Sidzuoka prefekturasida joylashgan shaharda davomli yog‘ingarchilikdan keyin ko‘chki yuz bergandi. Tog‘dan oqib kelgan to‘lqin o‘z yo‘lida yuzdan ko‘proq uyni yo‘q qilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi jabrlangan. Bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Dastlabki baholashlarga ko‘ra, 130ta uy va inshootga zarar yetgan.
Ob-havo mutaxassislarining xabar qilishicha, Sidzuokada 3 kun davomida 550 millimetrga yaqin, Kanagava prefekturasida esa 780 millimetr yog‘ingarchilik tushgan.
Yaponiyada hozirda yomg‘irlar mavsumi davom etmoqda. U odatda 7 iyundan 20 iyulgacha davom etadi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026