O‘zbekiston | 12:09 / 05.07.2021
2154
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyati vakillari uchun Norin viloyatida madaniy dastur namoyish qilindi

Norin viloyatida ikki kunlik tashrifda bo‘lgan Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Iqboljon Ergashev boshchiligidagi delegatsiya uchun mezbonlar tomonidan viloyatning Qo‘chqorchi tumanidagi tog‘ bag‘rida madaniy dastur tashkil etildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

Qayd etilishicha, viloyat delegatsiyasi vakillari qirg‘iz milliy o‘yinlariga guvoh bo‘lishgan. Uloq, kelin quvdi marosimlari, o‘rgatilgan burgutning o‘lja tutish jarayonlari sahnalashtirilgan tarzda namoyish etilgan. O‘q otish marosimlarida esa bevosita farg‘onaliklarning o‘zlari ham qatnashgan.

Qirg‘iz xalq eposi bo‘lgan «Manas» qo‘shig‘i ijrosi namoyish qilingan.

Yakunda ikki viloyat delegatsiyasi vakillari muhim kelishuvlarga, hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid