Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google smartfondan Facebook akkaunti parolini o‘g‘irlaydigan ilovalarni o‘chirib tashladi
Bu ilovalar olti million martaga yaqin ko‘chirib olingan.
Google Play Store ma'muriyati ilovalar do‘konidan to‘qqizta ommabop ilovani o‘chirib tashladi. Kompaniya mazkur ilovalar Facebook akkaunti parolini o‘g‘irlashini bilganidan so‘ng shunday qarorga keldi, deb yozadi Engadget.
Qayd etilishicha, bu ilovalarning zararli xususiyatini Doctor Web kompaniyasi mutaxassislari aniqlagan.
Kompaniya mazkur ilovalar ro‘yxatini ham ma'lum qilgan: Processing Photo, App Lock Keep, Rubbish Cleaner, Horoscope Daily, Horoscope Pi, App Lock Manager, Lockit Manager, Inwell Fitness, PIP Photo.
Bu ilovalar olti million martaga yaqin ko‘chirib olingan. Bundan tashqari, ularning aksariyati foydalanuvchilarning yuqori baholariga sazovor bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:33 / 13.07.2026
Bigme ikkita ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini taqdim etdi
18:46 / 08.07.2026
Smartfondan real ijodga: robototexnika bolalarni qanday rivojlantiradi?
21:30 / 07.07.2026
SpaceX investorlarga yupqa smartfon prototipini namoyish etdi
20:41 / 30.06.2026