Jahon | 18:23 / 06.07.2021
3498
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyadagi bioyonilg‘i zavodida portlash sodir bo‘ldi

Portlashdan avval zavod ishchilari alanga olgan simni o‘chirishga uringan. Shundan so‘ng geksan portlab ketgan.

Chexiyadagi bioyonilg‘i ishlab chiqarish zavodida sodir bo‘lgan portlash oqibatida to‘rt kishi jarohatlandi. Bu haqda ČTK xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea Lovositse shahridagi Preol kompaniyasiga qarashli zavodda yuz bergan.

Portlashdan avval zavod ishchilari alanga olgan simni o‘chirishga uringan. Shundan so‘ng geksan portlab ketgan.

Ishchilardan biri og‘ir jarohat olgani aytilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid