JÇ-2026. A guruhi. 2-tur
Janubiy Koreya – Çexiya 2:1
Gollar: Hvang In Bom (67), Oh Hyong Gyu (80) – Kreyçi (59).
Janubiy Koreya: Kim Sang Gyu, Liz Hang Beom, Kim Min Je, Li Gi Hyuk, Seul Yun Vu, Hvang In Bom (Kim Jin Gyu, 84), Sin Ho Bek (Pak Jing Seob, 84), Li Tae Sok (Eom Ji Sung, 69), Li Kang In, Li Je Son (Hvann Hi Çang, 62), Son Heung Min (Oh Hyong Gyu, 69).
Çexiya: Kovar, Çalupek, Hranats, Kreyçi, Tsoufal, Souçek, Soyka (Xitil, 85), Zeleni, Şuls (Glojyek, 64), Provod (Sadilek, 64), Şik (Xori, 64).
Ogohlantiriş: Li Gi Hyuk (90+6).
JÇ-2026 A guruhidagi ikkinçi öyin ham Meksika hududida ötkazildi. Birinçisida mezbonlar Mexikoda JAR ustidan ğalaba qozongandi, Janubiy Koreya va Çexiyadan kelgan futbolçilar esa Sapopandagi «Akron» nomli öyingohda kuç sinaşişdi.
Öyinning dastlabki daqiqalarida ikki jamoa ham navbatma-navbat hujumga ötişdi. Keyin esa koreyalik futbolçilar taşabbusni töliq öz qöllariga olişdi. Dastlab jamoaning asosiy yulduzi Son Heung Min xavfli zarba berdi, ammo yevropaliklar bu zarbani qaytarişdi. Keyin esa Li Hang Bom standart vaziyat vaqtida boş bilan yana bir xavfli zarba yölladi, töp tösin yuqorisidan ötib ketdi.
Li Kan Inning zarbasini ham Matey Kovarj qaytarib qoldi. Birinçi bölim oxirlarida Sonda yana yaxşi vaziyatlar yuzaga keldi, ammo uning zarbalariga aniqlik yetişmadi. Osiyo vakillari birinçi bölim davomida sakkiz bor zarba berişdi, ammo gol ura olişmadi.
Birinçi bölimdagi eng yodda qolarli vaziyat Pavel Şulsning futbolkasi yirtilib ketişi böldi. Bu holatda Li Hang Bom raqibni töxtatiş uçun uning formasidan uşlab qolgandi. Bu epizod Çexiya milliy jamoasi uçun futbolkalarni tayyorlagan işlab çiqaruvçining zarariga işlagan tayin.

Birinçi bölimda çexlar pressing uyuştiriş orqali raqibni öz hududiga ötkazmaslikka urindi, koreyslar esa oldindan öylangan kombinatsiyalarni amalga oşiriş bilan şuğullanişdi.
Ikkinçi bölim startida ham Kovarj özini körsatişiga töğri keldi – u bu safar Hvang In Byomning zarbasini qaytardi, keyin esa Sonni golsiz qoldirdi. «Tottenhem»ning sobiq hujumçisi töpni darvozabon ustidan oşirib taşlaşga uringandi, ammo Kovarj aldanmadi. Öyin Çexiya darvozasi baribir işğol etilişiga qarab ketayotgandi, ammo hisob Yevropa vakillari tomonidan oçildi. Çexlarning darvoza sohasiga töğri borgan ilk zarbasi golga aylandi. Vladimir Tsoufal qanotdan töpni jarima maydoniga oşirdi, töpga barçadan oldin yetib borgan Ladislav Kreyçi boş bilan aniq harakat qildi.
Koreyaliklar hisobni tenglaştirişi uçun sakkiz daqiqa yetarli böldi. Osiyoliklar raqibning çap qanotiga kuçli bosim uyuştirişdi va Hvang In Byom hujumni ajoyib gol bilan yakunladi. U bir harakat bilan himoyaçi Robin Granaçni va darvozabonni yöldan oldi, keyin esa töpni darvozaning olis burçagiga joylaştirdi.
Çexlar yana bu öyindagi asosiy quroli – standart vaziyatdan foydalanişga harakat qildi va Tomaş Souçek yana boş bilan darvozani işğol etdi. Ammo hakam bu holatda ofsayd qayd etdi va golni bekor qildi. Koreyslar esa navbatdagi hujumda özi haqli bölgan ğalaba golini urdi. Hvang In Byom bu safar zaxiradan öyinga qöşilgan O Hyong Kyuni golli pas bilan ta’minladi. Kovarj yaqin masofadan yöllagan zarba qarşisida ojiz qoldi.
Biroz ötib çexlar hisobni tenglaştirişi mumkin edi, ammo darvozabon Kim Sin Kyu Adam Glojyekning yaqin burçakka yöllagan ayyorona zarbasidan keyin rikoşet bölib kelgan töpni darvoza çiziği ustida töxtatib qolişga ulgurdi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda esa Mixal Sadilek ham qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Uning zarbasi darvoza sohasiga töğri bordi, ammo darvozabon bu vaziyatda ham işonçli harakat qildi.
Şu tariqa, A guruhida birinçi turdan keyin Meksika va Janubiy Koreya 3 tadan oçko jamğargan holda, guruhda peşqadamlik qilmoqda. 2-turda aynan şu ikki jamoa töqnaşadi, Çexiya esa JAR bilan öyinda oçko olişga harakat qilib köradi.














